-
Tarkibi
Og'iz orqali qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar paketchalarda.
1 paketcha tibbiy qo'llanma bilan birga karton qutida.
-
Qo'llanilishi
• o‘tkir bakterial sistit, qaytalanuvchi bakterial sistitning o‘tkir xurujlari;
• bakterial noaniq uretrit;
• homilador ayollarda simptomlarsiz massiv bakteriuriya;
• siydik yo‘llarining operatsiyadan keyingi infeksiyalari;
• jarrohlik aralashuvi va transuretral diagnostik tadqiqotlar vaqtida siydik chiqarish yo‘llari infeksiyasining oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
• fosfomitsin trometamolga yuqori sezuvchanlik;
• og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min);
• 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Moretsin og'iz orqali qabul qilinadi. Granulalar 1 stakan suvda eritiladi. Preparat kuniga bir marta og'iz orqali och qoringa ovqatdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin, afzalroq uxlashdan oldin, siydik pufagini bo'shatib, qabul qilinadi.
Kattalarga kuniga 1 paketdan 1 marta buyuriladi.
Siydik chiqarish yo'llarining infeksiyasini oldini olish maqsadida jarrohlik aralashuvi, transuretral diagnostik muolajalar vaqtida Moretsin preparatining 1 paketini aralashuvdan 3 soat oldin va ikkinchi paketini aralashuvdan 24 soat o'tgach qabul qilinadi.
5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga 2 g dozada kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi 1 kunni tashkil etadi.
Og'irroq hollarda (keksa bemorlar, qaytalanuvchi infeksiyalar) 24 soatdan so'ng yana 1 paket qabul qilinadi.
Buyrak yetishmovchiligida doza kamaytiriladi va qabul qilish oralig'i uzaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Me'da-ichak trakti tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, qizib ketish, diareya), teri toshmasi, allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Fosfomitsin trometamol - keng ta'sir doirasiga ega antibiotik, fosfon kislotasi hosilasi.
Moretsin preparati bakteritsid ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi bakteriya hujayra devori sintezining birinchi bosqichini bostirish bilan bog‘liq. Fosfoenolpiruvatning strukturaviy analogi bo‘lib, N-atsetil-glyukozamino-3-o-enolpiruvil-transferaza fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta'sirga kirishadi, natijada ushbu fermentning spetsifik, selektiv va qaytmas inhibatsiyasi yuz beradi, bu esa boshqa antibiotiklar sinflari bilan o‘zaro rezistentlikning yo‘qligini va boshqa antibiotiklar bilan sinergizm imkoniyatini ta'minlaydi (in vitro amoksitsillin, tsefaleksin, pipemid kislotasi bilan sinergizm kuzatiladi). Fosfomitsin trometamolning in vitro antibakterial ta'sir doirasi ko‘pchilik odatiy gram-musbat (Enterococcus spp., Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyt., Staphylococcus spp.) va gram-manfiy (E. coli, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas spp., Serratia spp.) qo‘zg‘atuvchilarni o‘z ichiga oladi. In vitro fosfomitsin trometamol siydik chiqarish yo‘llari epiteliyida bir qator bakteriyalarning adgeziyasini kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bir vaqtda ovqat qabul qilish Moretsinning so‘rilishini sekinlashtiradi, shuning uchun preparatni ovqatdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar hisobga olishlari kerakki, 1 paketda (8 g) 3 g fosfomitsin dozali preparatda 2,166 g saxaroza mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash
Homiladorlikda preparat faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga potensial xavfdan ustun bo‘lsa buyuriladi.
Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarur bo‘lsa, davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llash
Preparat 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Fosfomitsinning avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni metoklopramid bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki bu fosfomitsin kontsentratsiyasining qon zardobida va siydikda kamayishiga olib kelishi mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: diareya.
Uzoq davom etuvchi diareya paydo bo‘lsa, simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborish xavfi minimal, chunki preparat 1 yoki 2 paketli qadoqlarda chiqariladi. Dozani oshirib yuborishda diurezni oshirish maqsadida suyuqlik ichish tavsiya etiladi.