Maxsus ko'rsatmalar
Me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi. Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda klinik nojo'ya ta'sir nisbatan kam sonli bemorlarda namoyon bo'lgan. Ushbu bemorlar davolanish davomida davolovchi shifokor tomonidan diqqat bilan nazorat qilinishi kerak.
Homiladorlik
Homilador ayollarda betagistinni qo'llash bo'yicha yetarli ma'lumotlar mavjud emas.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik, embrion/zigotani rivojlanishi, tug'ruq va postnatal rivojlanishga ta'siri bo'yicha yetarli emas. Odamlar uchun potensial xavf noma'lum. Betagistinni homiladorlik davrida faqat aniq zarurat bo'lsa qo'llash kerak.
Laktatsiya
Betagistin inson ko'krak sutiga o'tadimi, noma'lum. Hayvonlarda betagistinning sutga o'tishi bo'yicha tadqiqotlar mavjud emas. Dori vositasining ona uchun ahamiyati, emizishning foydalari va bolaga potensial xavflar solishtirilib baholanishi kerak.
Dori vositasining avtomobil boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari
Betagistin avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi yoki juda kam ta'sir ko'rsatadi, chunki klinik tadqiqotlarda ushbu qobiliyatga potensial ta'sir ko'rsatuvchi holatlar betagistin bilan bog'liqligi aniqlanmagan.