Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Miramistinning ta’siri asosida mikroorganizm membranalarining lipidlari bilan molekulaning bevosita gidrofob o‘zaro ta’siri yotadi, bu ularning fragmentatsiyasi va buzilishiga olib keladi. Bunda miramistin molekulasining bir qismi, membrananing gidrofob sohasiga kirib, membrananing usti qavatini buzadi, membranani yumshatadi, yuqori molekular moddalar uchun ularning o‘tkazuvchanligini oshiradi, ferment tizimlarini ingibitsiya qilib, mikrob xujayrasini ferment faolligini o‘zgartiradi, bu mikroorganizmlarning hayot faoliyatini susayishi va ularning sitoliziga olib keladi.
Boshqa antiseptiklardan farqli ravishda, miramistin mikroorganizmlarga nisbatan yuqori tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega, chunki odam xujayralari qobiqlariga deyarli ta’sir qilmaydi. Ushbu samara insonning xujayra membranasini o‘zgacha tuzilishi bilan bog‘liq (ahamiyatli darajada katta uzunlikdagi lipid radikallari, xujayralar bilan miramistinni gidrofobli o‘zaro ta’siri cheklash xususiyatiga ega).
Miramistin grammusbat va grammanfiy, aerob va anaerob, spora hosil qiluvchi va monokulturalar va mikrobli assotsiatsiyalar, shu jumladan gospital shtammlari, ko‘rinishidagi asporogen bakteriyalarga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi ta’sirga ega.
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilariga: gonokokklar, oqish treponemalar, trixomonadalar, xlamidiyalar, shuningdek gerpes, odam immun tanqisligi viruslariga nobud qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Aspergillus oilasi va Penicillum oilasiga mansub askomitsetlarga, achitqi (Rhodotorula rubra, Torulopsis gabrata va boshq.) va achitqisimon (Candida albicans, Candida tropicalis, Candida krusei va boshq.) zamburug‘lar, dermatofitlarga (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton verrucosum, Trichophyton schoenteini, Trichophyton violaceum, Epidermophyton Kaufman-Wolf, Epidermophyton floccosum, Microsporum gypseum, Microsporum canis va boshq.), shuningdek monokulturalar va mikrobli assotsiatsiyalar ko‘rinishidagi boshqa patogen zamburug‘larga nisbatan (masalan Pityrosporum orbiculare (Malassezia furfur)) zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Miramistinning ta’siri ostida mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan chidamliligi kamayadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida teri va shilliq qavatlar orqali so‘rilmaydi.