-
Tarkibi
1 ml eritma tarkibida
3-(2,2,2-trimetilgidraziniy) propionat digidrat 100 mg; yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Ish faoliyatining pasayishi, jismoniy zo‘riqish; • dishormonal kardiomiopatiya (kompleks davolash tarkibida); • gemoftalm va turli etiologiyali to‘r pardaga qon quyilishlar, markaziy to‘r parda venasi va uning shoxlarining trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik); • miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlarida (insultlar va serebrovaskulyar yetishmovchilik) kompleks davolash tarkibida; • surunkali alkogolizmda abstinent sindrom (spetsifik davolash tarkibida).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik; • bosh ichki bosimining oshishi.
-
Qo'llash usuli
Aqliy va jismoniy zo‘riqishlarda og‘iz orqali yoki v/i 0,5 g 1 marta/kun buyuriladi. Davolash kursi – 10–14 kun. Zaruriyat tug‘ilganda davolash 2–3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Sportchilarga v/i 0,5–1 g 2 marta/kun mashg‘ulotlardan oldin tavsiya etiladi. Tayyorlov davrida kurs davomiyligi – 14–21 kun, musobaqalar vaqtida – 10–14 kun. Miya qon aylanishining o‘tkir bosqichida preparat v/i 500 mg 1 marta/kun 10 kun davomida buyuriladi, so‘ngra preparatni og‘iz orqali 0,5–1 g/kun qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4–6 hafta. Miya qon aylanishining surunkali buzilishlarida preparat v/m 500 mg 1 marta/kun buyuriladi. Davolash kursi – 4–6 hafta. Takroriy kurslar individual tarzda yiliga 2–3 marta buyuriladi. Ko‘z tubi tomir patologiyasi va to‘r pardaning distrofiya kasalliklarida Batronat 500 mg/5 ml konsentratsiyadagi in'ektsiya uchun eritmadan 0,5 ml parabulyar va subkon'yunktival tarzda 10 kun davomida yuboriladi. Surunkali alkogolizmda preparat v/i 500 mg 2 marta/kun buyuriladi. Davolash kursi 7–10 kun.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nadirlarda – qichish, dispeptik hodisalar, takikardiya, hayajon, arterial bosim o'zgarishlari.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tsitoprotektiv, antianginal, antigipoksik, angioprotektor vosita. Karnitin gamma-butirobetainning strukturniy analogi bo'lib, gamma-butirobetain-gidroksilaza orqali karnitin biosintezi uchun javobgar retseptorlar bilan qaytariladigan raqobatlashuv natijasida gamma-butirobetain miqdorini oshiradi va hujayralarda karnitin konsentratsiyasini kamaytiradi, bu esa azot oksidi sintezi induktsiyasiga va uzun zanjirli yog' kislotalarining mitoxondriyaga transportini cheklashga olib keladi.
Yog' kislotalarining sitoplazmadagi miqdorini oshiradi, oksidlanmagan yog' kislotalarining faollashgan shakllari (atsilkarnitin va atsilkoenzim A) to'planishiga to'sqinlik qiladi. Ishemiya sharoitida hujayralarda kislorod yetkazib berilishi va iste'moli o'rtasidagi muvozanatni tiklaydi, adenozin trifosfat kislotasining transporti buzilishini oldini oladi, glikolizni qo'shimcha kislorod sarfisiz faollashtiradi, kreatinfosfat miqdorini oshiradi.
Glyukoza aerob oksidlanish siklidagi eng muhim fermentlar - geksokinaza va piruvatdegidrogenaza faolligini oshiradi, laktat hosil bo'lishini kamaytirish hisobiga atsidozni oldini oladi. Natijada metabolik almashinuv optimallashtiriladi, erkin radikal reaksiyalar intensivligi kamayadi, bu mitoxondriya membranalarining shikastlanishini kamaytiradi, oksidlanish va fosforillanishning ko'proq bog'liqligiga va adenozin trifosfat kislotasi sintezi oshishiga olib keladi.
Milkard tomirlar tonusini normallashtiradi, qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, bosh miya ishemiyalangan zonalariga qon oqimini qayta taqsimlanishiga yordam beradi, miokardda nekrotik zona hosil bo'lishini sekinlashtiradi, to'r pardasi tomirlarining distrofiya o'zgarishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Yurak yetishmovchiligida preparat miokard qisqaruvchanligini, jismoniy yuklamaga bardoshlilikni oshiradi, stenokardiya xurujlari chastotasini kamaytiradi. Organizmning jismoniy va aqliy yuklamalarga bardosh berish qobiliyatini oshiradi, energetik zaxiralarni tez tiklaydi.
Surunkali alkogolizmda abstinensiya sindromi bo'lgan bemorlarda asab tizimining funksional buzilishlarini bartaraf etadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Stimullovchi ta'sir rivojlanishi mumkinligi sababli Milkardni kunning birinchi yarmida qo'llash tavsiya etiladi. Yurak bo'limlarida o'tkir miokard infarkti va beqaror stenokardiyani ko'p yillik davolash tajribasi shuni ko'rsatadiki, meldoniy o'tkir koronar sindromda birinchi qator preparati emas.
Preparat nojo'ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, ular avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin.
Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugagandan so'ng ishlatmaslik kerak.