Dozani oshirib yuborilishi
Vitamin V1 keng terapevtik diapazonga ega. Juda yuqori dozalarda (10 g dan ortiq) kurarega o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi, nerv impulslarini o‘tkazilishini susaytiradi.
Vitamin V6 juda past toksiklikka ega.
Vitamin V6 ni ortiqcha qo‘llash (1 g/kun dan ortiq dozalarda bir necha oy davomida) neyrotoksik ta’sirga olib kelishi mumkin.
Kuniga 2 g dan ortiq yuborilgandan so‘ng ataksiya bilan nevropatiyalar va sezuvchanlik buzilishlari, EEG o‘zgarishlari bilan serebral tutqanoqlar, shuningdek, ayrim hollarda gipoxrom anemiya va seborey dermatit kuzatilgan.
Vitamin V12. Parenteral yuborilgandan so‘ng (kam hollarda peroral qo‘llashdan so‘ng) tavsiya etilganidan yuqori dozalarda preparat qabul qilinganda allergik reaksiyalar, ekzematotik teri buzilishlari va aknening yaxshi xulqli shakli kuzatilgan.
Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda jigar fermentlari faolligining buzilishi, yurak sohasida og‘riq, giperkogulyatsiya mumkin.
Davolash: Simptomatik terapiya.
Lidokain. Simptomlar: psixomotor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimning pasayishi, tremor, ko‘rishning buzilishi, toniko-klonik tutqanoqlar, koma, kollaps, atrioventrikulyar blokada bo‘lishi mumkin, markaziy asab tizimining susayishi, nafas olishning to‘xtashi. Sog‘lom odamlarda dozani oshirib yuborishning birinchi simptomlari qonda lidokain konsentratsiyasi 0,006 mg/kg dan oshganda, tutqanoqlar esa 0,01 mg/kg da yuzaga keladi.
Davolash: preparat yuborilishini to‘xtatish, kislorod terapiyasi, tutqanoqqa qarshi vositalar, vazokonstriktorlar (noradrenalin, mezaton), bradikardiyada - xolinolitiklar (0,5-1 mg atropin). Intubatsiya, sun’iy nafas oldirish, reanimatsion tadbirlar o‘tkazilishi mumkin. Dializ samarali emas.