Dozani oshirib yuborilishi
Vitamin V1 keng terapevtik diapazonga ega. Juda yuqori dozalarda (10 g dan ortiq) kurarega o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi, nerv impulslarining o‘tkazilishini susaytiradi.
Vitamin V6 juda past toksikligiga ega.
Vitamin V6 ni haddan tashqari ko‘p, 1 g/kun dan ortiq dozada bir necha oy davomida qo‘llash neyrotoksik ta’sirga olib kelishi mumkin.
Ataksiya va sezuvchanlik buzilishi bilan kechuvchi nevropatiyalar, EEG o‘zgarishlari bilan kechuvchi serebral tutqanoqlar, shuningdek ayrim hollarda gipoxrom anemiya va seborey dermatit kuniga 2 g dan ortiq dozada yuborilgandan so‘ng kuzatilgan.
Vitamin V12. Parenteral yuborilgandan so‘ng (kamdan-kam hollarda peroral qo‘llashdan so‘ng) tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada preparat qo‘llanganda allergik reaksiyalar, ekzematotik teri o‘zgarishlari va aknening benign shakli kuzatilgan.
Uzoq muddat yuqori dozada qo‘llanganda jigar fermentlari faolligining buzilishi, yurak sohasida og‘riq, giperkogulyatsiya mumkin.
Davolash: Simptomatik terapiya.
Lidokain. Simptomlar: psixomotor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimning pasayishi, tremor, ko‘rishning buzilishi, toniko-klonik tutqanoqlar, koma, kollaps, atrioventrikulyar blokada, markaziy asab tizimining susayishi, nafas to‘xtashi mumkin. Sog‘lom odamlarda lidokainning qonda 0,006 mg/kg dan yuqori konsentratsiyasida dozani oshirib yuborishning birinchi simptomlari, 0,01 mg/kg da tutqanoqlar paydo bo‘ladi.
Davolash: preparat yuborilishini to‘xtatish, kislorod terapiyasi, tutqanoqqa qarshi vositalar, vazokonstriktorlar (noradrenalin, mezaton), bradikardiyada – xolinolitiklar (0,5-1 mg atropin). Intubatsiya, sun’iy nafas oldirish, reanimatsion tadbirlar o‘tkazilishi mumkin. Dializ samarali emas.