Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiamin 5-ftorurasil tomonidan inaktivatsiyalanadi, chunki oxirgisi tiaminning tiaminpirofosfatga fosforillanishini raqobatbardosh tarzda ingibitsiya qiladi. Antatsidlar tiamin so‘rilishini kamaytiradi.
Petelevoy diuretiklar (masalan, furosemid), kanalik reabsorbtsiyasini to‘xtatib, uzoq muddatli davolashda tiamin ekskretasiyasining oshishiga va shu tariqa tiamin darajasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Levodopa bilan bir vaqtda qabul qilinganda vitamin V6 levodopa ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Piridoksin antagonistlari (masalan, izoniazid, gidralazin, D-penitsillamin yoki tsikloserin), spirtli ichimliklar, shuningdek, estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlarni uzoq muddatli qo‘llash vitamin V6 yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Spirtli ichimliklar va qora choy tiamin so‘rilishini kamaytiradi.
Benfotiamin oksidlovchi va qaytaruvchi birikmalar bilan mos kelmaydi: simob xloridi, yodid, karbonat, atsetat, tanin kislotasi, temir-ammoniy-tsitrat, chunki ularning ishtirokida inaktivatsiyalanadi. Mis benfotiamin parchalanishini tezlashtiradi; bundan tashqari, tiamin pH qiymati oshganda (3 dan yuqori) o‘z ta’sirini yo‘qotadi.
Sulfit saqlovchi ichimliklar (masalan, vino) tiamin degradatsiyasini kuchaytiradi.
Piridoksin altretamin samaradorligini kamaytirishi mumkin.