Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiamin 5-ftorurasil tomonidan inaktivlanadi, chunki oxirgisi tiaminning tiaminpirofosfatga fosforillanishini raqobatli tarzda ingibitsiya qiladi. Antatsidlar tiamin so‘rilishini kamaytiradi.
Petrli diuretiklar (masalan, furosemid), kanalik reabsorbtsiyani to‘xtatib, uzoq muddatli davolashda tiamin chiqarilishini oshirishi va shu tariqa tiamin darajasini kamaytirishi mumkin.
Levodopa bilan bir vaqtda qabul qilinganda vitamin B6 levodopa ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Piridoksin antagonistlari (masalan, izoniazid, gidralazin, D-penitsillamin yoki sikloserin), spirtli ichimliklar, shuningdek, estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlarni uzoq muddatli qabul qilish vitamin B6 yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Spirtli ichimliklar va qora choy tiamin so‘rilishini kamaytiradi.
Benfotiamin oksidlovchi va qaytaruvchi birikmalar bilan mos kelmaydi: simob xloridi, yodid, karbonat, atsetat, tanin kislotasi, temir-ammoniy-sitrat, chunki ularning ishtirokida inaktivlanadi. Mis benfotiamin parchalanishini tezlashtiradi; bundan tashqari, tiamin pH qiymati oshganda (3 dan yuqori) o‘z ta’sirini yo‘qotadi.
Sulfit saqlovchi ichimliklar (masalan, vino) tiamin parchalanishini kuchaytiradi.
Piridoksin altretemin samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Qo‘llash xususiyatlari