-
Tarkibi
1 kapsula tarkibida:
faol moddalari: metronidazol - 400 mg, mikonazol nitrat - 100 mg, neomitsin sulfat - 45 mg, gotu kola* - 15 mg, polimiksin sulfat - 5 mg;
yordamchi moddalari: suyuq vazelin, qattiq vazelin, jele, suvdan holi glitserin, nipagin, nipazol, sariq bo‘yoq «quyosh botishi», titan dioksidi va glitserin suspenziyasi.
*tsentella aziatsiya (aziatikozid va geninlar).
-
Qo'llanilishi
vulvitlar;
vaginitlar;
vulvovaginitlar;
servikovaginitlar;
kandidiaz;
leykoreya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yoki kimyoviy tarkibi o'xshash moddalariga nisbatan oshkora sezgirlik - homiladorlikning birinchi trimestri va emizish davri - gematologik kasalliklari bo'lgan bemorlarga - o'tkir nerv tizimi kasalliklari bo'lgan bemorlarga - markaziy nerv tizimining organik kasalliklari, epilepsiya.
-
Qo'llash usuli
Kuniga 1 kapsuladan, uxlashdan oldin. Kapsula chuqur qin ichiga, yotgan holatda, kechki gigiyenadan so‘ng kiritiladi.
Davolash davomiyligi 6-12 kun.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Juda kamdan-kam: - kuyish hissi, mahalliy qizish, vagina qichishi - allergik reaksiyalar Mahalliy qo'llanilishida preparatning past tizimli assimilyatsiyasiga qaramay, tizimli ta'sir istisno qilinmaydi, belgilangan dozalariga qat'iy rioya qilish zarur. Har qanday nojo'ya ta'sir paydo bo'lganda preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Farmakologik xususiyatlari
Faynex - ginekologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat. Faol komponentlari tufayli antimikrob, antiprotazoy, zamburug‘larga qarshi va regenerativ ta’sir ko‘rsatadi.
Metronidazol - 5-nitroimidazol hosilasi, antiprotazoy va antimikrob ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi metronidazolning 5-nitro guruhi anaerob mikroorganizmlar va sodda organizmlarning hujayra ichidagi transport oqsillari tomonidan biokimyoviy qaytarilishi bilan bog‘liq. Qaytarilgan metronidazolning 5-nitro guruhi mikroorganizmlarning DNKsiga ta’sir qilib, uning sintezini ingibitsiya qiladi, bu esa bakteriyalarning o‘limiga olib keladi.
Quyidagilarga nisbatan faol: Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, shuningdek, obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., ayrim gram-musbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus niger, Peptostreptococcus spp.).
Mikonazol nitrat - imidazol va triazol hosilasi bo‘lib, zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: hujayra membranasining ergosterol sintezini ingibitsiya qiladi. Dermatofitlar, xamirturushlar va ayrim boshqa zamburug‘larga nisbatan faol. Gram-musbat mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob faollik ko‘rsatadi. Vaginal mikroflora va pH tarkibini o‘zgartirmaydi.
Neomitsin sulfat - aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik. Gram-musbat (Staphylococcus spp., Streptococcus pneumoniae) va gram-manfiy (Escherichia coli, Shigella dysenteria spp., Shigella flexneri spp., Shigella boydii spp., Shigella sonnei spp., Proteus spp.) mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Neomitsinning bakteritsid ta’sir mexanizmi ribosomalar va bakterial hujayra oqsili sintezini bostirish bilan bog‘liq. Streptococcus spp.ga nisbatan kam faol. Mikroorganizmlarning neomitsinga chidamliligi sekin va kam darajada rivojlanadi.
Polimiksin sulfat - Bacillus polymixa sporali bakteriyalari tomonidan ishlab chiqariladigan antibiotik. Bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi, bu mikroblar hujayra membranasining yaxlitligini buzish bilan bog‘liq. Membrana fosfolipidlari yuzasida adsorbsiya bo‘ladi, uning o‘tkazuvchanligini oshiradi, bakteriyalarning lizisiga olib keladi. Gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Pseudomonas aeruginosa, Salmonella spp., Shigella spp., Escherichia coli, Klebsiella spp., Bordetella pertussis, Haemophilus influenzae, Enterobacter. Fusobakteriyalar va bakteroidlar (Bacteroides fragilis) o‘rtacha sezgir. Kokkusli aerob (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis) va anaerob mikroorganizmlarga, Proteus spp.ning ko‘pchilik shtammlariga, Mycobacterium tuberculosis, Corynebacterium diphtheriae va zamburug‘larga ta’sir qilmaydi.
Gotu kola yaralarni bitiruvchi ta’sirga ega: granulyatsiya jarayonini va kollagen hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, epitelizatsiyaga yordam beradi.
Farmakokinetika
Past tizimli so‘rilish sababli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Faynex jigar funksiyasining yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyrak yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Faynexni ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
Jinsiy aloqadan oldin qo‘llanilmaydi. Preparatni qo‘llash urug‘lantirishda qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin.
Faynexni hayz ko‘rish tugaganidan keyin buyurish tavsiya etiladi. Agar davolash vaqtida hayz boshlangan bo‘lsa, uni to‘xtatish tavsiya etilmaydi, gigiyenik prokladkalar, tamponsiz ishlatish kerak. Faynexni qo‘llash zöhraviy kasalliklarning rivojlanishini oldini olmaydi.
Suppozitoriy tarkibiga kiruvchi ingredientlar lateks prezervativlar va qin diafragmasiga zarar yetkazishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikning II va III trimestrlarida faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, onaga kutilayotgan foyda homilaga potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Bolalar
Mazkur yosh guruhida qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar yo‘qligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Buyrak yetishmovchiligi, buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Faynexni ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
Jinsiy aloqadan oldin qo‘llanilmaydi. Preparatni qo‘llash urug‘lantirishda qiyinchilik keltirib chiqarishi mumkin.
Faynexni hayz ko‘rish tugaganidan keyin buyurish tavsiya etiladi. Agar davolash vaqtida hayz boshlangan bo‘lsa, uni to‘xtatish tavsiya etilmaydi, gigiyenik prokladkalar, tamponsiz ishlatish kerak. Faynexni qo‘llash zöhraviy kasalliklarning rivojlanishini oldini olmaydi.
Suppozitoriy tarkibiga kiruvchi ingredientlar lateks prezervativlar va qin diafragmasiga zarar yetkazishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikning II va III trimestrlarida faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, onaga kutilayotgan foyda homilaga potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Bolalar
Mazkur yosh guruhida qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar yo‘qligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat terapevtik dozalarda qo‘llanilganda dozani oshirib yuborish xavfi yo‘q.