Nojo´ya ta´sirlar
Qarshi ta'sirlar MedDRA tizimining organ klassi bo'yicha tez-tezlik bo'yicha kamayish tartibida jadval ko'rinishida taqdim etilgan:
Juda tez-tez (≥ 1/10); Tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha); Kamdan-kam (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha); Nadir (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha); Juda nadir (<1/10000); Noma'lum (tez-tezlik mavjud ma'lumotlar asosida baholanishi mumkin emas)
Davolash bilan bog'liq qarshi ta'sirlar, organ klassi va tez-tezlik bo'yicha to'plangan
Infektsion va parazitar kasalliklar
Noma'lum — Infektsiyalar, furunkullar
Juda nadir — Folikulit
Asab tizimi tomonidan buzilishlar
Noma'lum — Paresteziya
Juda nadir — Qizish hissi
Terida va teri osti to'qimalarida buzilishlar
Noma'lum — Kontakt dermatiti, terining gipopigmentatsiyasi, gipertrixoz, teri striyalari, akneform dermatit, terining atrofiyasi
Juda nadir — Pruritus
Umumiy buzilishlar va qo'llash joyidagi buzilishlar
Noma'lum — Qo'llash joyida og'riq, qo'llash joyidagi reaksiyalar
Ko'z organi tomonidan buzilishlar
Noma'lum — Bulanq ko'rish
Mahalliy qarshi ta'sirlar, kortikosteroidlarni mahalliy qo'llashda kamdan-kam hollarda namoyon bo'ladi: terining quruqligi, qizish, dermatit, perioral dermatit, terining makeratsiyasi, miliatsiya va teleangiektaziyalar.
Bolalar yoshidagi bemorlar:
Bolalar yoshidagi bemorlarda mahalliy qo'llaniladigan kortikosteroidlar ta'sirida gipotalamo-gipofiz-adrenal tizimining supressiyasi, shuningdek, Kushing sindromi rivojlanishi kattalar bemorlarga nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin, chunki teri yuzasi va tana massasi o'rtasidagi nisbati yuqoriroqdir.
Uzoq muddatli kortikosteroidlar bilan davolash bolalarning rivojlanishi va o'sishiga to'sqinlik qilishi mumkin.