Dorilarning o'zaro ta'siri
Bir vaqtda alyuminiy gidroksidi saqlovchi antatsidlar, kolestiramin bilan qo‘llanganda metronidazolning me’da-ichak traktidan so‘rilishi biroz kamayadi.
Bir vaqtda qo‘llanganda metronidazol bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi.
Bir vaqtda disulfiram bilan qo‘llanganda o‘tkir psixozlar va ong buzilishining rivojlanishi mumkin.
Metronidazol bilan birga qo‘llanganda qonda karbamazepin konsentratsiyasining oshishi va toksik ta’sir rivojlanish xavfining oshishini istisno qilib bo‘lmaydi.
Lansoprazol bilan birga qo‘llanganda glossit, stomatit va/yoki tilning to‘q rangga bo‘yalishi mumkin; litiy karbonat bilan - qonda litiy konsentratsiyasining oshishi va intoksikatsiya simptomlarining rivojlanishi mumkin; prednizon bilan - metronidazolning organizmdan chiqarilishi oshadi, chunki prednizon ta’sirida uning jigar orqali metabolizmi tezlashadi. Metronidazol samaradorligi kamayishi mumkin.
Rifampitsin bilan birga qo‘llanganda metronidazolning organizmdan klirensi oshadi; fenitoin bilan - qonda fenitoin konsentratsiyasining biroz oshishi mumkin, toksik ta’sir rivojlanish holati tasvirlangan.
Fenobarbital bilan birga qo‘llanganda metronidazolning organizmdan chiqarilishi sezilarli darajada oshadi, ehtimol, fenobarbital ta’sirida uning jigar orqali metabolizmi tezlashgani sababli. Metronidazol samaradorligi kamayishi mumkin.
Fluorourasil bilan birga qo‘llanganda toksik ta’sir kuchayadi, lekin fluorourasil samaradorligi oshmaydi.
Metronidazol qabul qilayotgan bemorda xloroxin bir martalik dozasi qabul qilingandan so‘ng o‘tkir distoniya rivojlanish holati tasvirlangan.
Simetidin bilan birga qo‘llanganda metronidazolning jigar orqali metabolizmi inhibitsiyalanishi mumkin, bu esa uning chiqarilishi sekinlashishiga va qonda konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Metronidazol qabul qilayotgan bemorlarda etanol bilan birga qo‘llanganda disulfiramga o‘xshash reaksiyalar rivojlanishi mumkin.