Maxsus ko'rsatmalar
Metoklopramid bilan davolanish davrida spirtli ichimliklar va spirtli moddalar o'z ichiga olgan dori vositalarini iste'mol qilish taqiqlanadi.
Jigar va buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda qo'llanilishi
Klinik jihatdan ahamiyatli jigar va buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda dori vositasining dozasi kamaytirilishi kerak.
Bolalar va qariyalar uchun qo'llanilish xususiyatlari
15 yoshgacha bo'lgan bolalarga metoklopramidni qo'llash tavsiya etilmaydi.
O'smirlar va yoshlar (15-19 yosh), shuningdek qariyalar metoklopramid bilan davolanishda ekstrapiramid reaktsiyalarining rivojlanish xavfi oshgan.
Qariyalarda metoklopramid bilan 12 haftadan ortiq davolash tavsiya etilmaydi. 12 haftadan ortiq davolash mumkin, agar kutilayotgan terapevtik ta'sir kechikkan diskineziya rivojlanish xavfini oshsa.
Dori vositasining transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xususiyatlari
Dori vositasini qabul qilishda diqqatni talab qiladigan, tez psixik va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyatlardan qochish kerak (transport vositalarini boshqarish va boshqalar).