-
Tarkibi
1 ampula tarkibida:
faol modda: meldoniy digidrat – 500 mg;
yordamchi modda: in’ektsiya uchun suv – 5 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Ishemik yurak kasalligi (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiya kompleks davolash tarkibida, shuningdek, miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlarida (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik) kompleks davolash tarkibida. Gemofthalm va turli etiologiyali to‘r pardaga qon quyilishlar, markaziy to‘r parda venasi va uning tarmoqlarining trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik).
Ish qobiliyatining pasayishi, jismoniy zo‘riqish, shu jumladan sportchilarda.
Surunkali alkogolizmda abstinent sindrom (spetsifik terapiya bilan birga).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- bosh ichki bosimining oshishi (shu jumladan, venoz chiqishning buzilishi, bosh ichki o‘smalari);
- Markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari;
- homiladorlik, laktatsiya davri;
- preparatga yuqori sezuvchanlik;
- 18 yoshgacha bo‘lgan yosh.
-
Qo'llash usuli
Ehtimoliy qo‘zg‘atuvchi ta’sir rivojlanishi sababli kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.
Yurak-qon tomir kasalliklari. Kompleks davolash tarkibida kuniga 0,5-1 g tomir ichiga (500 mg/5 ml in’ektsiya uchun eritmadan 5-10 ml), butun doza bir martada yoki 2 marta bo‘lib yuboriladi. Davolash kursi – 4-6 hafta.
Miya qon aylanishining buzilishi. O‘tkir faza – kuniga 1 marta 0,5 g tomir ichiga. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta.
To‘r parda tomir patologiyasi va distrofiya kasalliklari. Parabulbar tarzda 500 mg/5 ml in’ektsiya uchun eritmadan 0,5 ml 10 kun davomida.
Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilarda. Kattalarga kuniga 1 marta 0,5 g tomir ichiga (500 mg/5 ml in’ektsiya uchun eritmadan 5-10 ml).
Davolash kursi – 10-14 kun. Zarur bo‘lsa, davolash 2-3 haftadan so‘ng takrorlanadi.
Surunkali alkogolizm. Tomir ichiga – kuniga 2 marta 0,5 g. Davolash kursi – 7-10 kun.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam – taxikardiya, arterial bosimning o‘zgarishi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: kamdan-kam – psixomotor qo‘zg‘alish.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam – dispeptik hodisalar.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam – teri qichishishi, qizarish, toshma, shish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Meldoniy - gamma-butirobetainning strukturaviy analogi – bu modda inson organizmining har bir hujayrasida mavjud.
Yuqori yuklama sharoitida meldoniy hujayralarning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va yetkazib berilishi o‘rtasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarda almashinuv mahsulotlarining toksik to‘planishini bartaraf etadi, ularni shikastlanishdan himoya qiladi; shuningdek, tonuslantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Uning qo‘llanilishi natijasida organizm yuklamaga bardosh berish va energetik zaxiralarni tezda tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ushbu xususiyatlari tufayli meldoniy yurak-qon tomir tizimi faoliyatining turli buzilishlari, miya qon ta’minoti buzilishlari, shuningdek, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish uchun qo‘llaniladi. Miokardning o‘tkir ishemik shikastlanishi holatida meldoniy nekrotik zonaning shakllanishini sekinlashtiradi, reabilitatsiya davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini oshiradi, jismoniy yuklamaga bardoshlilikni oshiradi, stenokardiya xurujlari chastotasini kamaytiradi. Miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, qonning ishemiyalangan soha foydasiga qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Ko‘z tubining vaskulyar va distrofiya patologiyasida samarali. Preparat surunkali alkogolizmli bemorlarda abstinensiya sindromida asab tizimining funksional buzilishlarini bartaraf etadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Jigar va buyraklarning surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni uzoq muddat qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bolalarda meldoniy qo‘llanilishi bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q.
Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va beqaror stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, meldoniy o‘tkir koronar sindromda birinchi qator preparati emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan.
Homilaga mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirni oldini olish uchun, homiladorlik davrida preparat buyurilmaydi.
Preparat ona suti bilan ajralib chiqadimi, aniqlanmagan. Agar onaga meldoniy bilan davolash zarur bo‘lsa, bolani emizish to‘xtatiladi.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri
Meldoniyning psixomotor reaksiyalar tezligiga nojo‘ya ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: arterial bosimning pasayishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Davolash: simptomatik.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Koronarodilatatsion vositalar, ayrim gipotenziya dori vositalari, yurak glikozidlari ta’sirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziya rivojlanishi mumkinligi sababli, nitroglitserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziya vositalari va periferik vazodilatatorlar bilan birga qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.