Qo'llash usuli
1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga 5 tomchi 3 marta kuniga.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga 10 tomchi 3 marta kuniga.
7 yoshdan 14 yoshgacha 1 ml 3 marta kuniga.
14 yoshdan katta va undan yuqorilarga 5 ml 3 marta kuniga.
Uyquga ketishda qiyinchilik bo'lsa:
1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga 5 tomchi.
Kuniga 1 marta, uxlashdan 30 daqiqa oldin.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga 10 tomchi.
Kuniga 1 marta, uxlashdan 30 daqiqa oldin.
7 yoshdan 14 yoshgacha 1 ml kuniga 1 marta, uxlashdan 30 daqiqa oldin.
14 yoshdan katta va undan yuqorilarga 5 ml kuniga 1 marta, uxlashdan 30 daqiqa oldin.
Farmakologik xususiyatlari
Melglis ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar ta’siri bilan belgilanadi. Melatonin kuchli adaptogen, uyqu keltiruvchi va sedativ ta’sirga ega, yuqori dozalarda esa immunostimulyator va antioksidant ta’sir ko‘rsatadi.
Gormon melatonin insonning sutkalik ritmini tabiiy regulyatori bo‘lib, tez uyquga ketish, sifatli uyqu va qulay uyg‘onishni ta’minlaydi. Melatonin uyqu buzilishlari, uyqusizlik, depressiv sindrom, charchoqlik, immunitet buzilishlari va biologik ritm buzilishlarida, ayniqsa vaqt zonalari o‘zgarganda, qo‘llaniladi. Melatonin, tinchlantiruvchi ta’siri tufayli, diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (DYGS) bo‘lgan bolalarga, shuningdek, uyquga ketishda qiyinchilik va uyqu buzilishlari holatlarida bolalarga uyqu keltiruvchi vosita sifatida buyuriladi.
Glitsin almashinuv jarayonlarini regulyator bo‘lib, markaziy asab tizimida himoya tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Glitsin glitsin- va GAMKergik, alfa1-adrenobloklovchi, antioksidant, antitoksik ta’sirga ega, glutamat (NMDA) retseptorlar faoliyatini regulyatsiya qiladi, natijada preparat quyidagilarga qodir:
psixoemotsional zo‘riqish, tajovuzkorlik, ziddiyatni kamaytirish, ijtimoiy moslashuvni oshirish, kayfiyatni yaxshilash, uyquga ketishni osonlashtirish va uyquni normallashtirish, aqliy ish qobiliyatini oshirish, ishemik insult va bosh miya jarohatlarida umumiy miya buzilishlarining og‘irligini kamaytirish.
Glitsin suv va karbonat angidridgacha metabolizatsiyalanadi, to‘qimalarda to‘planmaydi. Melglis asosiy davolashga qo‘shimcha va quyidagi holatlarda profilaktika sifatida qo‘llanilishi mumkin: uyqusizlik, uyqu jarayoni buzilishi holatlari, uyquga ketishni osonlashtirish (uyqu fazasining kechikish sindromi), sirkadiyal ritmlarni (uyqu-uyg‘onish rejimi) tartibga solishga yordam beradi, aqliy ish qobiliyatining pasayishi, stressli vaziyatlar - psixoemotsional zo‘riqish, bolalar va o‘smirlarda deviant xatti-harakatlar, asab tizimining funksional va organik kasalliklarining kompleks terapiyasida, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emotsional beqarorlik, aqliy ish qobiliyatining pasayishi va uyqu buzilishi bilan kechuvchi holatlarda.