Farmakologik xususiyatlari
Tsefalosporin antibiotik II avlodi, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, bakteriyalar hujayra devorini sintezini buzadi. Keng spektrli ta'sirga ega. Ko'pchilik beta-laktamazalarga chidamli. Aerob gram-musbat bakteriyalar Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis (penitsillinlarga chidamli shtammlar va kamdan-kam metitsillin-rezistent shtammlar bundan mustasno), Streptococcus pyohenes (va boshqa ß-gemolitik streptokoklar), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus guruh B (Streptococcus agalactiae), Streptococcus mitis (viridans guruhi), Bordetella pertussis; aerob gram-manfiy bakteriyalar Escherichia coli, Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Providencia spp., Proteus rettgeri, Haemophilus influenzae (ampitsillin-rezistent shtammlar kiritilgan), Haemophilus patainfluenzae (ampitsillin-rezistent shtammlar kiritilgan), Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar kiritilgan), Neisseria meningitidis, Salmonella spp.; anaerob gram-manfiy bakteriyalar Bacteroides spp, Fusobacterium spp., anaerob gram-musbat bakteriyalar Peptococcus spp, Peptostreptococcus spp, Clostridium spp.; shuningdek Borellia burgdorferiga nisbatan faol. Quyidagi turlarning ba'zi shtammlari tsefuroksimga chidamli: Streptococcus (Enterococcus) faecalis, Morganella morganii, Proteus vulgaris, Enterobacter spp, Cutrobacter spp, Serratia spp., Bacteroides fragilis. In vitro tadqiqotlarda tsefuroksimni aminoglikozidlar guruhi antibiotiklari bilan birlashtirganda qo'shimcha ta'sir kuzatilgan, ba'zi hollarda esa sinergizm.