Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, noqulaylik hissi (epigastriy sohasida og'riq va spazmlar), meteorizm, ishtahaning pasayishi. Kamdan-kam hollarda ovqat hazm qilish tizimining eroziyali-yarali shikastlanishlari, qon ketish, perforatsiya bilan asoratlanishi, aftoz stomatit, ezofagit;
Markaziy asab tizimi tomonidan bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoqlikning oshishi. Kamdan-kam hollarda sezgi buzilishlari (xiralashgan ko'rish, diplopiya), quloqda shovqin, asabiylashish, tutqanoq, uyqu buzilishlari, depressiya, xavotir hissi, psixik buzilishlar;
Dermatologik reaksiyalar teri toshmasi, eshakemi. Bulloz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, soch to'kilishi, fotosensibilizatsiya mumkin;
Jigar funksiyasi tomonidan jigar funksiyasi buzilishlari, jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz). Qon yaratuvchi tizim tomonidan ayrim hollarda trombotsitopeniya, leykopeiya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan ayrim hollarda - taxikardiya, ko'krak sohasida og'riq, arterial gipertenziya, dimiq yurak yetishmovchiligi.
Allergik va immunopatologik reaksiyalar kamdan-kam hollarda bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.
Agar biron-bir noodatiy reaksiyalar yuzaga kelsa, dori vositasini keyingi qo'llash bo'yicha shifokor bilan albatta maslahatlashing!