Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida: - hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og'rig'i/migren); - mastopatiyalar; - hayz tsiklini buzilishi va/yoki sariq tana etishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo'llanadi. Noaniq, doimiy yoki takrorlanuvchi shikoyatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qiling. Bunday belgilar jiddiy kasaklliklar bilan bog'liq bo'lishi va tibbiy yordamni talab qilishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llash mumkin emas. Hayvonlarda o'tkazilgan tekshirishlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas. Mastodinon 12 yoshdan boshlab bolalarda jinsiy etilish davrida to muntazam hayz boshlanigunigacha qo'llanilmasligi kerak.
Qo'llash usuli
Bir tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ko'p bo'lmagan miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilinadi. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon ® ni kamida 3 oy shu jumladan hayz ko'rish vaqtida qo'llash tavsiya etiladi. Agar 3 oy qo'llangandan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahatlashish kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar: yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaktsiyalari (masalan, toshma va eshakemi), bosh og'rig'i, bosh aylanishi, akne, me'da-ichak buzilishlari (ko'ngil aynishi, me'dada og'riq kabi) paydo bo'lishi mumkin. Allergik reaktsiyalarning birinchi belgilari paydo bo'lganida, preparatni qo'llashni to'xtatish lozim. Eslatma: gomeopatik preparatni qo'llash mavjud bo'lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Farmakologik xususiyatlari
Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibirlovchi ta'siri hayvonlarda o'tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstraktini qo'llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining ("yashirin giperprolaktinemiya" deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko'rsatdi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Vitex agnus-cactus, fructus, dopamin ta'sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta'sirlarni ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlari bilan o'zaro ta'sirlarini to'liq istisno qilib bo'lmaydi. Umumiy eslatma: nosog'lom turmush tarzi, shuningdek ta'sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan kofe) iste'mol qilish, gomeopatik vositalarni ta'siriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qo'shimcha dori preparatlarini qabul qilishda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Maxsus ko'rsatmalar
Estrogenga-bog'liq xavfli o'smalar bilan kasallangan bemorlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Dopamin ta'sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta'sirlarini ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlarini qabul qilayotgan bemorlar Mastodinon ® tabletkasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Preparatni qo'llash vaqtida simptomlar kuchaysa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Mastodinon ® tabletkasining ta'sir mexanizmi gormonal muvozanat garmonizasiyasini o'z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat kerak bo'lishi mumkin. Bu davrda hayz ko'rish tsiklining buzilishlari bo'lishi mumkin. Gipofizar buzilishlari bo'lgan bemorlar preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Hayz tsiklini boshqarish orqali Vitex agnus-castus mevalari ayollar fertilligiga ta'sir etishi mumkin. Agar sizda biron-bir qandlarni o'zlashtiraolmaslik bo'lsa, ushbu dori preparatini qo'llashdan avval shifokorga murojaat qiling. Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: preparatning bir martalik dozasi o'rtacha 0,02 "non birligi" (NB) saqlaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi me'da-ichak buzilishlariga olib kelishi mumkin yoki laktozani o'zlashtiraolmaydigan shaxslarda surgi ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Davolash simptomatik.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!