Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari mastodinon 50 ml og'iz orqali yuborish uchun eritma
100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Agnus castus Ø (Avraam daraxti) 20 g Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist) 10 g Cyclamen D4 (Alp binafshasi) 10 g Ignatia D6 (kuchala Ignasiya daraxti) 10 g Iris D2 (turli xil rangli gulsapsar) 20 g Lilium tigrinum D3 (yo'l-yo'l Liliya) 10 g yordamchi moddalar: etanol Etanol miqdori: 47,0-53,0% (hajm nisbati) Ta'rifi: tiniq, biroz sarg'ish, hushbo'y hidli. Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo'lgan cho'kma tushishi mumkin.
Qo'llanilishi
Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida: - hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og'rig'i/migren); - mastopatiyalar; - hayz tsiklini buzilishi va/yoki sariq tana etishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo'llanadi
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llash mumkin emas. Hayvonlarda o'tkazilgan tekshirishlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas. Mastodinon 12 yoshdan boshlab bolalarda jinsiy etilish davridan to muntazam hayz boshlanigunigacha qo'llanilmasligi kerak
Qo'llash usuli
30 tomchidan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ularni biroz suv bilan suyultirib qabul qilish lozim. Preparatni boshqa suyuqliklar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon ® ni kamida 3 oy shu jumladan hayz ko'rish vaqtida qo'llash tavsiya etiladi. Agar 3 oy qo'llangandan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahatlashish kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar: yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaktsiyalari (masalan, toshma va eshakemi), bosh og'rig'i, bosh aylanishi, akne, me'da-ichak buzilishlari (ko'ngil aynishi, me'dada og'riq) kabi paydo bo'lishi mumkin. Allergik reaktsiyalarning birinchi belgilari paydo bo'lganida, preparatni qo'llashni to'xtatish lozim. Eslatma: gomeopatik preparatni qo'llash mavjud bo'lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Farmakologik xususiyatlari
Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi isbotlangan. Prolaktin ajralishiga ingibirlovchi ta'siri hayvonlarda o'tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstraktini qo'llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining ("yashirin giperprolaktinemiya" deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko'rsatdi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Vitex agnus-kaktus, fructus, keltiribning dopamin ta'siri hikaruchi (dopamin agonistlari), dopaminning inhibitiv ta'siri (dopamin antagonisti), estrogen va antiestrogenik dori bilan yon ta'siridan tashqari uzoq muddatli ta'sirni inhibe qiladi Bosh eslatma: nosoglom turmush tarzi, shuningdek afflovci modalar va ogohlantiruvchi (masalan, kofe) cilish iste'mol, homeopatik dorilar va salbium ta'siri qo'llanilishi mumkin. Preparatni, dorivor mahsulotni olish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Estrogenga-bog'liq xavfli o'smalar bilan kasallangan pasientlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Dopamin ta'sirlarini keltirib chiqaruvchi (dopamin agonistlari), dopamin ta'sirlarini ingibirlovchi (dopamin antagonistlari), estrogen va antiestrogen preparatlarini qabul qilayotgan bemorlar Mastodinon ® tomchini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Preparatni qabul qilish vaqtida simptomlar kuchaysa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur. Mastodinon ® tomchining ta'sir mexanizmi gormonal muvozanatni garmonizasiyasini o'z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat talab etiladi. Bu davrda hayz ko'rish tsiklini buzilishlari bo'lishi mumkin. Gipofizar buzilishlari bo'lgan pasientlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Hayz tsiklini boshqarish orqali Vitex agnus-castus mevalari ayollar fertilligiga ta'sir etishi mumkin. Etanol saqlaganligi tufayli (hajm nisbatida 47-53%) alkogolizm bilan xastalangan pasientlarda va alkogolizmdan muvaffaqiyatli davolangandan so'ng ushbu vositani qabul qilish mumkin emas. Yuqori xavf guruhi pasientlarda: jigar kasalligi, tutqanoq kasalliklarida tarkibida alkogol borligini e'tiborga olish zarur. Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi. Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo'lgan cho'kma tushishi mumkin. Bu preparatning samarasiga ta'sir qilmaydi. Qo'llashdan oldin chayqatilsin!
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi kungacha dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo'q. Davolash: simptomatik.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!