Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Marvatin, 5 ml, ampulalar № 5
Marvatin, 5 ml, ampulalar № 5
Ishlab chiqaruvchi: Mediofarm, ООО
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari marvatin, 5 ml, ampulalar № 5
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Ampulalar
  • Dozalash
    5 ml
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 ml eritmada: faol moddalari: piratsetam 100 mg; tiotriazolin 25 mg. yordamchi moddalari: in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha
  • Qo'llanilishi
    Ishemik insult va uning oqibatlarini, masalan, nutq buzilishi, psixik va somatik buzilishlar, faollikning pasayishi, emotsional soha buzilishi; (tiklanish davrida) tomir, toksik va travmatik ensefalopatiyani davolash, alkogolli intoksikatsiyada abstinent sindromni bartaraf etish, diabetik ensefalopatiya.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    piratsetam yoki tiotriazolingа yuqori sezuvchanlik; - buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi; Xantington xoreyasi; gemorragik insultning o'tkir davri.
  • Qo'llash usuli
    Ishemik insultda va uning oqibatlarini davolash uchun 20-30 ml preparat oldindan 100-150 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida suyultirilib, tomchilab vena ichiga kuniga 1 marta yuboriladi. Davolash kursi 2 hafta. Entsefalopatiyani davolash va alkogolli intoksikatsiyada abstinent sindromni bartaraf etish uchun preparatdan 5 ml mushak ichiga kuniga 1 marta 10-15 kun davomida yuboriladi. Diabetik entsefalopatiyada 5 ml mushak ichiga kuniga 1 marta 10 kun davomida yuboriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Marvatin preparatini, in'ektsiya uchun eritma, klinik qo'llashda alohida hollarda quyidagi nojo'ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin: markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: umumiy holsizlik, bosh og'rig'i; oziq-ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish; allergik reaksiyalar: qichishish, toshma, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Ayrim bemorlarda ba'zan quyidagi nojo'ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin: - piratsetam tomonidan: markaziy va periferik asab tizimi tomonidan - qo'zg'aluvchanlikning oshishi, xavotir, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi, muvozanatning buzilishi, uyqusizlik yoki uyquchanlik, tremor, epilepsiya xurujlarining tez-tezligi oshishi, giperkineziya, ataksiya, depressiya, asteniya; boshqalar - tana vaznining oshishi, qorin og'rig'i, diareya, dermatitlar, gipertermiya; - tiotriazolin tomonidan: ayrim bemorlarda, asosan keksalarda, xususan boshqa preparatlarni qabul qilish fonida juda kam hollarda quyidagilar kuzatilgan: allergik reaksiyalar - terining giperemiyasi, isitma; markaziy va periferik asab tizimi tomonidan — bosh aylanishi, quloqda shovqin; yurak-qon tomir tizimi tomonidan - taxikardiya, arterial gipertenziya (bir holat); oziq-ovqat hazm qilish tizimi tomonidan — og'izda qurish, qorin dam bo'lishi; tanani nafas olish tizimi tomonidan - alohida hollarda nafas qisilishi va bo'g'ilish.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Marvatin serebroaktiv vositalar guruhiga kiradi, nootrop, antiishemik, antioksidant va membranostabilizatsiyalovchi xususiyatlarga ega. Preparatning farmakologik ta'siri tiotriazolin va piratsetamning o‘zaro potentsiallovchi ta'siri bilan bog‘liq. Marvatin glyukozaning aerob va anaerob oksidlanish reaksiyalarida utilizatsiyasini tezlashtiradi, bioenergetik jarayonlarni normallashtiradi, miya to‘qimalarida metabolizmni barqarorlashtiradi va organizmning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Preparat kislorodning faol shakllari hosil bo‘lish yo‘llarini tormozlaydi, fermentativ antioksidant tizimini, ayniqsa superoksiddismutazani reaktivlashtiradi, miya to‘qimalarida ishemiya paytida erkin radikal jarayonlarni tormozlaydi, fibrinolitik tizimni faollashtirish hisobiga qonni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, nekroz va ishemiya zonalarini mos ravishda barqarorlashtiradi va kamaytiradi. Marvatin metabolik GAMK-shunt faoliyatini va ishemiyalangan to‘qimalarda GAMK konsentratsiyasini oshiradi. Marvatin miya integrativ va kognitiv faoliyatini yaxshilaydi, o‘rganish jarayoniga yordam beradi, amneziya yo‘qolishiga olib keladi, qisqa va uzoq muddatli xotira ko‘rsatkichlarini oshiradi. Marvatin stress oqibatlarini (tashvish, fobiya, depressiya, uyqu buzilishi) bartaraf etadi, muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishning orqada qolishini kamaytiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparat surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Marvatin trombotsitlar agregatsiyasiga ta'sir qiladi, shuning uchun uni gemostaz buzilishi bo‘lgan, jarrohlik aralashuvlar vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan keksalar ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak, chunki yuqorida ta'riflangan nojo‘ya reaksiyalar ushbu bemorlar guruhida tez-tez uchraydi. Allergik reaksiyalar allergiyaga moyil shaxslarda ko‘proq uchraydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tajribasi yetarli emas. Piratsetam ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. Bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi yetarli emas. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Hozirgi vaqtda bunday xabarlar yo‘q. Biroq, Marvatinni avtomobil boshqaradigan yoki xavfli mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarga qo‘llashda, asab tizimi tomonidan mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarni hisobga olib, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Marvatinni kislotali pH ga ega preparatlar bilan buyurib bo'lmaydi. Piratsetam mavjudligi tufayli antidepressantlar va antianginal preparatlarning ta'siri kuchayadi. Yuqori dozalarda (9,6 g/kun) piratsetam venoz trombozli bemorlarda atsenokumarol samaradorligini oshiradi, biroq Marvatin terapevtik dozalarda qo'llanganda bunday ta'sir kuzatilmaydi. Piratsetamning klonazepam, fenobarbital, fenitoin, natriy valproat bilan o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Piratsetam va tireoid gormonlari (T3+T4) ni bir vaqtda qo'llash asabiylashish, dezorientatsiya, uyqu buzilishiga olib kelishi mumkin. Piratsetamning P450 kompleksi fermentlari bilan biotransformatsiyaga uchraydigan preparatlar bilan o'zaro ta'siri ehtimoldan yiroq. Enalapril, kaptopres bilan birga qabul qilinsa yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi oshadi. Alkogol bilan birga qabul qilinsa, piratsetamning qon zardobidagi konsentratsiyasi darajasiga ta'sir qilmaydi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Terapevtik dozalarda qo'llanganda dozani oshirib yuborish mumkin emas. Biroq, shifokor tomonidan tavsiya etilgan dozalardan chetga chiqilganda preparatning nojo'ya ta'sirlari (qo'zg'alish, uyqu buzilishi, dispeptik holatlar) paydo bo'lishi yoki kuchayishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo'llash to'xtatiladi va simptomatik davolash buyuriladi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Bekzod
    ico ico ico ico ico
    Очень доволен покупкой! Качественный товар, рекомендую.
    06 August 2024
    0
    0
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, быстрая доставка, удобная упаковка.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico