Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
Extiyotkorlik bilan
faol modda: mannitol - 100, 150, 200 g.
yordamchi modda: natriy xlorid 9 g; in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha.
10% mannitol eritmasining nazariy osmolyerligi – 870 dan 1050 mOsmol/kg gacha.
15% mannitol eritmasining nazariy osmolyerligi – 1100 dan 1480 mOsmol/kg gacha.
20% mannitol eritmasining nazariy osmolyerligi – 1680 dan 2150 mOsmol/kg gacha.
· miya shishi;
· bosh ichki (tserebral) gipertenziya;
· o'tkir jigar va buyrak yetishmovchiligida oliguriya, buyraklarning filtrlash qobiliyati saqlangan holda (kombinatsiyalangan davolash tarkibida);
· epileptik status;
· ko'z ichki gipertenziyasini davolash uchun (glaukomaning o'tkir xuruji, jarohatdan so'ng, operatsiyalardan so'ng).
· yurak-o'pka tizimida shuntlash o'tkazishda gemoliz va gemoglobinemiya profilaktikasi;
· buyrak ishemiyasini va unga bog'liq o'tkir buyrak yetishmovchiligini oldini olish maqsadida ekstrakorporal qon aylanishi bilan operatsiyalarda gemoliz profilaktikasi;
· barbituratlar, salitsilatlar, bromidlar, litiy preparatlari, sulfanilamidlar, psixotrop, gemolitik zaharlar, metgemoglobin hosil qiluvchilar, spirtlar, uglerod oksidi va boshqalar bilan zaharlanishda majburiy diurez;
· nomutanosib qon yuborilgandan keyingi posttransfuziya asoratlari;.
· preparatning har qanday tarkibiy komponentiga yuqori sezuvchanlik;
· og'ir degidratatsiya;
· giperosmolyar holat;
· dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
· o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi fonida o'pka shishi;
· bosh ichki qon ketishi;
· subaraxnoidal qon quyilishi (bosh suyagini trepanatsiya qilish vaqtida qon ketishdan tashqari);
· gemorragik insult;
· gematoentsefalik to'siq yaxlitligi buzilishi bilan kechadigan miya shikastlanishlari;
· buyraklarning filtrlash funksiyasi buzilgan buyrak yetishmovchiligi;
· anuriyasi 12 soatdan ortiq davom etadigan o'tkir buyrak yetishmovchiligi, o'tkir kanalchalar nekrozi fonida anuriya;
· komatoz holatlar;
Ehtiyotkorlik bilan
Bemorlar:
· surunkali yurak yetishmovchiligi bilan;
· gipervolemiya bilan,
· giponatriemiya bilan,
· gipoxloremiya bilan
· giperqaliemiya bilan;
· keksalar.
· homiladorlik va laktatsiya davrida.
Tomir ichiga tomchilab yoki sekin oqimda yuboriladi.
Yuborishdan oldin eritmani oldindan tana haroratigacha isitish kerak.
Umumiy doza va yuborish tezligi ko'rsatmalar va bemorning klinik holatiga bog'liq.
Kattalarga diuretik vosita sifatida 50-100 g mannitol 10-20% eritma ko'rinishida diurez darajasi kamida 30-50 ml/soat bo'lishini ta'minlaydigan tezlikda yuboriladi.
Kattalar uchun davolash doza – 1,0-2,0 g/kg (3 g/kg dan ko'p emas) 30-90 daqiqa davomida.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 140-180 g.
Miya shishi, bosh ichki bosimining oshishi yoki glaukoma bo'lsa, infuziya 0,25-1 g/kg yoki 15-30 g 1 m2 tana yuzasiga 15-20% eritma ko'rinishida 30-60 daqiqa davomida o'tkaziladi.
Zaharli moddalardan zaharlanishda kattalarga 50-200 g mannitol 10-20% eritma ko'rinishida diurez darajasi 100-500 ml/soat bo'lishini ta'minlaydigan infuziya tezligida yuboriladi.
Past tana massasi yoki holdan toygan bemorlarda yetarli doza 0,5 g/kg hisoblanadi.
Gemoliz va gemoglobinemiya profilaktikasi uchun yurak-o'pka tizimida shuntlash yoki ekstrakorporal qon aylanishi bilan operatsiyalarda mannitol doza 500 mg/kg tana massasi 10-20% eritma ko'rinishida yuboriladi.
Ekstrakorporal qon aylanishi bilan operatsiyalarda perfuziya boshlanishidan oldin 20-40 g doza yuboriladi.
Oliguriya bo'lgan bemorlarda osmotik diuretiklarga javobni aniqlash uchun oldindan 200 mg/kg mannitol 20% eritma ko'rinishida 3-5 daqiqa davomida tomchilab sinov doza yuboriladi. Agar shundan so'ng 2-3 soat ichida diurez tezligi 30-50 ml/soatgacha oshmasa, mannitol yuborishni davom ettirishdan voz kechish kerak. Agar test-dozaga javob bo'lsa (diurez 30 ml/soatdan ko'p yoki 50% ga oshsa), eritma (12,5-25 g mannitol) yuborishni 1-2 soatdan keyin diurez tezligini 40 ml/soatdan yuqori darajada ushlab turish uchun takrorlash kerak.
Bolalar
Diuretik vosita sifatida bolalar uchun dozalash 0,25-1,5 g/kg yoki 30 g 1 m2 tana yuzasiga 15-20% eritma ko'rinishida 2-6 soat davomida.
Miya shishi, bosh ichki bosimining oshishi yoki glaukoma bo'lsa, infuziya 0,5-1,5 g/kg 15-20% eritma ko'rinishida 30-60 daqiqa davomida o'tkaziladi.
Yetarli tana massasi yetishmaydigan yoki zaif bolalarda yetarli doza 0,5 g/kg bo'lishi mumkin.
Bolalar uchun maksimal sutkalik doza 2,0 g/kg yoki 60 g 1 m2 tana yuzasiga.
Bolalarda zaharlanishda tomir ichiga infuziya 2 g/kg yoki 60 g 1 m2 tana yuzasiga 10% eritma ko'rinishida o'tkaziladi.
Bolalarda buyrak funksiyasini baholash uchun – 100-200 mg/kg. Nazorat doza 3-5 daqiqa davomida yuboriladi.
Mannit eritmasini uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi.
Gipersensitivlik reaksiyalari: rinit, angionevrotik shish, titroq, isitma, allergik reaksiyalar, anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya (ko'ngil aynishi, qusish).
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, reaktiv bosh ichki bosimining oshishi, va miasteniya, ko'rishning xiralashuvi, og'ir hollarda: tutqanoq, hushyorlikning buzilishi, gallyutsinatsiyalar.
Yurak va qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipotenziya (QAB pasayishi), arterial gipertenziya (QAB oshishi), aritmiyalar, ko'krak orqasida og'riq, dimiqishli yurak yetishmovchiligi, o'pka shishining rivojlanishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siyishning ushlanishi, poliuriya, yuqori dozalarda - o'tkir buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi.
Modda almashinuvi tomonidan: suv-elektrolit muvozanatining buzilishi: suvsizlanish (chanqoq, terining qurishi, og'izda qurish, mushak zaifligi), giponatriemiya, kamdan-kam hollarda - giperkaliemiya.
Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit rivojlanishi, teri toshmasi, yuborilgan joyda og'riq, teri nekrozi.
Izoh: Mannitolning tomir atrofidagi to'qimalarga tushishi shish va teri nekrozini chaqirishi mumkin.
Mannitol qo'llanilganda QD, diurez, qonni osmotikligi, qonda elektrolitlar (kaliy, natriy) kontsentratsiyasi, suv-elektrolit muvozanati va markaziy gemodinamika nazorat qilinishi kerak.
Preparat surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Sinov dozasini yuborgandan so'ng diurezni kuzatish zarur. Siydikning o'ziga xos og'irligidan kelib chiqib xulosa chiqarib bo'lmaydi.
Yuborish vaqtida bosh og'rig'i, qusish, bosh aylanishi, ko'rish buzilishi paydo bo'lsa, preparat yuborilishini to'xtatish va subdural va subaraxnoidal qon ketishi kabi asorat rivojlanishini istisno qilish kerak.
Past haroratda saqlanganda preparat kristallanishi mumkin. Kristallar paydo bo'lsa, flakonni 50-70°C gacha (suv hammomida) qizdirish, vaqti-vaqti bilan to'liq eriguncha chayqatish kerak. Qo'llashdan oldin 36-38°C gacha sovitish va agar kristallar yana paydo bo'lmasa, preparat qo'llashga yaroqli hisoblanadi.
Yurak yetishmovchiligida, ayniqsa chap qorincha yetishmovchiligida (o'pka shishi rivojlanish xavfi tufayli), mannitolni tez ta'sir qiluvchi ilgak diuretiklari bilan birga qo'llash kerak. Mannitolni (faqat "ilgak diuretiklari" bilan birga) gipertonik krizda ensefalopatiya bilan ham qo'llash mumkin.
Mannitolni anuriya, buyraklarning organik kasalliklari bilan chaqirilgan hollarda yuborish o'pka shishi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
E'tiborga olish kerakki, eritma yuborilganda dastlab hujayra tashqarisidagi suyuqlik hajmi oshadi va giponatriemiya rivojlanadi. Diuretik ta'sir rivojlanishida natriyurez suvnikidan kam bo'lishi mumkin, bu ba'zan gipernatriemiyaga olib kelishi mumkin.
Dehidratatsiya belgilar paydo bo'lsa, organizmga suyuqlik yuborish zarur.
Preparatni qayta yuborish qonni suv-elektrolit muvozanati ko'rsatkichlari nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Preparat faqat statsionar sharoitda qo'llaniladi.
Mannitol yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, gipokaliemiya bilan bog‘liq ularning toksik ta’siri kuchayishi mumkin.
Saluretiklar, karboangidraza ingibitorlari va boshqa diuretik vositalarning diuretik ta’sirini kuchaytiradi.
Mannitol aminoglikozidlar bilan birga qo‘llanganda ototoksik va nefrotoksik reaksiyalar rivojlanish xavfi oshadi.
Mannitol kurarega o‘xshash miorelaksantlarning ta’sirini kuchaytiradi.
Mannitol lity preparatlari yoki metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganda, bu preparatlarning siydik bilan chiqarilishi oshishi tufayli ularning ta’siri kamayadi.
Mannitol va siklosporin birga qo‘llanganda nefrotoksik reaksiyalar xavfi oshadi.
Mannitol peroral antikoagulyantlarning ta’sirini kamaytiradi (dehidratatsiya natijasida ivish omillari konsentratsiyasi oshishi hisobiga).
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparatning yuqori dozalarda tez yuborilishi suvsizlanish, elektrolit almashinuvining buzilishi (gipernatriemiya, giponatriemiya va giperqaliemiya), hujayra tashqarisidagi suyuqlik hajmining oshishi, o‘pka shishi, yurakning ortiqcha yuklanishiga (ayniqsa, o‘tkir yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda) olib kelishi mumkin.
Belgilari: mushak zaifligi, tutqanoq, hushdan ketish, nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi.
Davolash: simptomatik.
Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.