Farmakologik xususiyatlari
Maksavit siropi - organizmdagi metabolik jarayonlarda muhim omil bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlar kompleksini o‘z ichiga oladi.
A vitamini - turli moddalar (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etadi va teri, shilliq qavatlar hamda ko‘rish organining normal funksiyasini ta’minlaydi.
D3 vitamini - organizmda kaltsiy va fosfor muvozanatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida suyak to‘qimasida kaltsiy miqdori kamayadi (osteoporoz).
B1 vitamini - yurak faoliyatini normallashtiradi va asab tizimining normal ishlashiga yordam beradi.
B2 vitamini - to‘qimalar, shu jumladan teri hujayralarining regeneratsiya jarayonlariga yordam beradi.
B6 vitamini - suyaklar, tishlar, milklarning tuzilishi va funksiyasini saqlashga yordam beradi; eritropoezga ta’sir ko‘rsatadi, asab tizimining normal ishlashiga yordam beradi.
B12 vitamini - eritropoezda ishtirok etadi, asab tizimining normal ishlashiga yordam beradi. B guruhi vitaminlari organizmda moddalar almashinuvini tartibga soluvchi turli fermentlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
S vitamini - bir qator biologik faol moddalar oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimalarda almashinuvni tartibga solishda, uglevod almashinuvi, qon ivishi va to‘qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlar hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi. S vitamini organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini kamaytiradi.
RR vitamini va D-pantenol - oqsil almashinuvida, yog‘ kislotalari va xolesterin sintezida, energiya ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi kofermentlar bo‘lib, markaziy asab tizimining normal ishlashi uchun zarur.