Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Magniy sulfat 25% eritmasi 5ml No 10
Magniy sulfat 25% eritmasi 5ml No 10
Ishlab chiqaruvchi: Самсун
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Bolalar uchun

    6 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari magniy sulfat 25% eritmasi 5ml no 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Eritma
  • Dozalash
    25%
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    5ml 10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    faol modda magniy sulfat - 1,25 g. yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 5 ml gacha.
  • Qo'llanilishi
    Gipertonik kriz, qorincha yurak ritmi buzilishlari ("piruet" tipidagi taxikardiya); tutqanoq sindromi; eklampsiya, gipomagniemiya, magniyga oshgan ehtiyoj. Muddatidan oldin tug‘ruq, zo‘riqish stenokardiyasi, og‘ir metall tuzlari, tetraetilqo‘rg‘oshin, eruvchan bariy tuzlari bilan zaharlanishda (antidot) kompleks davolashda.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik; arterial gipotenziya; yaqqol bradikardiya (Yurak urish tezligi 55 urinishdan kam bo'lsa); atrioventrikulyar blokada; kalsiy yetishmovchiligi va nafas olish markazi susayishi bilan bog'liq holatlar; kaxeksiya; buyrak funksiyasi buzilishi; yaqqol jigar yoki buyrak yetishmovchiligi; miasteniya; yomon sifatli o'smalar.
  • Qo'llash usuli
    Preparatni mushak ichiga, vena ichiga sekin yoki vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborish kerak. Yuborish tez-tezligi va dozalari ko‘rsatmalar va terapevtik ta’sirga qarab individual belgilanadi. Infuzion yuborishda preparatni 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi bilan suyultirish kerak. Vena ichiga in’eksiya qilganda yuborish tezligi odatda 150 mg/min (0,6 ml/min) dan oshmasligi kerak, homiladorlarda aritmiya va eklampsiyani davolash bundan mustasno. Tayyorlangan infuzion eritmalarni tayyorlangandan so‘ng darhol ishlatish kerak (saqlashga yaroqsiz). Gipomagniemiya. O‘rtacha og‘irlikdagi gipomagniemiyada (0,5-0,7 mmol/l) kattalarga har 6 soatda mushak ichiga 4 ml (1 g magniy sulfat) yuborish kerak. Og‘ir gipomagniemiyada (<0,5 mmol/l) mushak ichiga yuborishda umumiy doza 1 ml/kg (250 mg/kg) gacha oshiriladi va 4 soat davomida bo‘lib-bo‘lib yuboriladi. Og‘ir gipomagniemiyada vena ichiga infuziya ko‘rinishida 20 ml preparat (5 g magniy sulfat) 1 l 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasiga qo‘shiladi va kamida 3 soat davomida yuboriladi. Vena ichiga yuborishda maksimal sutkalik doza 72 ml (18 g) ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lsa, infuziya bir necha kun davomida takrorlanadi. Arterial gipertenziya. I-II bosqich arterial gipertenziyada har kuni mushak ichiga 5-10-20 ml yuboriladi. Davolash kursi 15-20 in’eksiya, bu orada arterial bosim darajasi pasayishi bilan stenokardiya ifodalanishining kamayishi kuzatilishi mumkin. Gipertonik kriz. 10-20 ml mushak ichiga yoki vena ichiga sekin yuboriladi. Yurak aritmiyalari. Aritmiyani bartaraf etish uchun vena ichiga 4-8 ml (1-2 g magniy sulfat) 5-10 daqiqa davomida yuboriladi, zarurat bo‘lsa in’eksiya takrorlanadi (umumiy 4 g magniy sulfatgacha). Dastlab 8 ml yuklama dozasini kamida 5 daqiqa davomida yuborish, so‘ngra 20 ml preparatni 0,9% natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi bilan suyultirib, kamida 6 soat davomida infuziya qilish yoki dastlab 8 ml ni kamida 30 daqiqa davomida yuborib, so‘ngra kamida 12 soat davomida infuziya qilish mumkin. Ishemik insult. 10-20 ml vena ichiga 5-7 kun davomida yuboriladi. Tutqanoq sindromi. Kattalarga 5-10-20 ml mushak ichiga buyuriladi. Bolalarga tana vazniga 0,08-0,16 ml/kg (20-40 mg/kg) hisobida mushak ichiga yuboriladi. Homiladorlik toksikozi. 10-20 ml 1-2 marta kuniga mushak ichiga (neyroleptiklar bilan birga qo‘llash mumkin). Preeklampsiya yoki eklampsiyada mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi. Dastlab bir martalik mushak ichiga har bir dumba mushagiga 10 ml yoki vena ichiga 16 ml (4 g magniy sulfat) 3-4 daqiqa davomida yuboriladi. Keyin mushak ichiga 16-20 ml (4-5 g) har 4 soatda yoki vena ichiga tomchilab 4-8 ml/soat (1-2 g/soat) doimiy reflekslar va nafas olish funksiyasi nazorati ostida yuboriladi. Terapiya tutqanoq to‘xtaguncha davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza 40 g magniy sulfat, buyrak funksiyasi buzilganda – 20 g/48 soat. Tug‘ruq og‘riqlarini kamaytirish. 5-10-20 ml mushak ichiga, zarurat bo‘lsa magniy sulfat analgetiklar bilan birga qo‘llanadi. Siydik ajralishining kechikishi. Siydik ajralishining kechikishi va qo‘rg‘oshin kolikasida mushak ichiga 5-10 ml preparat yoki vena ichiga 5-10 ml 25% magniy sulfat eritmasi 5 marta suyultirilgan holda yuboriladi (klizma ko‘rinishida ham buyuriladi). Antidot sifatida. Simob, mishyak, tetraetilqo‘rg‘oshin bilan intoksikatsiyada vena ichiga 5-10 ml 25% magniy sulfat eritmasi 2,5-5 marta suyultirilgan holda yuboriladi. Eritiluvchi bariy tuzlari bilan zaharlanganda 4-8 ml vena ichiga yuboriladi yoki oshqozon 1% magniy sulfat eritmasi bilan yuviladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. Yangi tug‘ilganlarda bosh ichidagi gipertenziya va og‘ir asfiksiyada mushak ichiga, kuniga 0,2 ml/kg dozadan boshlab, 3-4 kun davomida doza 0,8 ml/kg/gacha oshiriladi va 3-8 kun davomida kompleks terapiyada qo‘llaniladi. Yangi tug‘ilganlarda magniy yetishmovchiligini bartaraf etish uchun 0,5-0,8 ml/kg 1 marta kuniga 5-8 kun davomida buyuriladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, bradikardiya, yurak urishini sezish, o'tkazuvchanlikning buzilishi, toshqinlar/issiqni his qilish, PQ intervalining uzayishi va EKGda QRS kompleksining kengayishi, aritmiya, koma, yurak to'xtashi. Nafas olish organlari tomonidan nafas qisilishi, nafas olishning susayishi. Nerv tizimi tomonidan bosh og'rig'i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, uyquchanlik, ongning chalkashligi, hushdan ketish, tushkun kayfiyat, pay reflekslarining pasayishi, diplopiya, xavotir, nutqning buzilishi, tremor va oyoq-qo'llarning uvishishi. Tayanch-harakat apparati tomonidan mushaklarning zaifligi. Ovqat hazm qilish trakti tomonidan ko'ngil aynishi, qusish. Immun tizimi tomonidan allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish, gipertermik sindrom, sovuq bosish. Teridan giperemiya, qichishish, toshma, eshakemi, terlashning kuchayishi. Siydik ajratish tizimi tomonidan poliuriya. Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan bachadon atoniyasi. Modda almashinuvi va metabolizmning buzilishi gipokaltsemiya, gipofosfatemiya, giperosmolyar degidratatsiya. Kiritish joyida buzilishlar giperemiya, shish, og'riq.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Parenteral yuborilganda magniy tezda organ va to'qimalarga o'tadi, gematoentsefalik to'siq, platsenta orqali o'tadi, yuqori konsentratsiyalarda ona sutiga o'tadi. Preparat asosan siydik bilan chiqariladi. Tizimli ta'sirlar tomir ichiga yuborilgandan so'ng 1 daqiqa ichida, mushak ichiga yuborilgandan so'ng 1 soat ichida rivojlanadi. Magniyning tomir ichiga yuborilgandagi ta'sir davomiyligi ‒ 30 daqiqa, mushak ichiga yuborilganda ‒ 3-4 soat. Magniy fiziologik kalsiy antagonisti, ko'plab almashinuv reaksiyalarining, shu jumladan energiya sintezi va ajralishi bilan bog'liq bo'lganlarning metabolik kofaktori, katexolaminlar sekretsiyasini kamaytiradi, Na+K+ -ATFaza faoliyatini, neyroximik uzatishni, mushak qo'zg'aluvchanligini tartibga soladi, markaziy asab tizimi va periferik asab tizimida atsetilxolin miqdorini kamaytiradi, natijada sedativ, analgezik, antikonvulsant, spazmolitik, xoleretik va tokolitik ta'sir ko'rsatadi. Preparat koronar va periferik arteriyalarni kengaytiradi, arterial bosimni, yurakka postnagruzkani kamaytiradi, miokardning reperfuziya shikastlanishini rivojlanishini sekinlashtiradi. Qorincha va qorincha usti aritmiyalari chastotasini kamaytiradi, sinus va atrioventrikulyar tugun sohasida o'tkazuvchanlikni sekinlashtiradi. Magniyning antitrombotsitar xususiyatlari tromboksan A2, lipoksigenaza hosilalari (12-NETE) sintezini kamaytirish, prostatsiklin va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar sintezi stimulyatsiyasi bilan bog'liq. Doza oshirilganda magniy salbiy izotrop va mushaklarni bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Terapiyani boshlashdan oldin qonda magniy darajasini aniqlash kerak. Kattalarda qonda magniyning normal darajasi 0,75-1,26 mmol/l ni tashkil etadi. Preparatni qo‘llashda, magniyning siydik bilan chiqarilishi hujayra tashqarisidagi suyuqlik miqdori oshganda, buyrak tomirlari kengayganda, giperkaltsiyemiya, natriyning siydik bilan ko‘p chiqarilishi, osmotik diuretiklar (mochevina, mannit, glyukoza), “halqali” diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi, tiazidlar), yurak glikozidlari, kaltsitonin, tireoidin, uzoq muddatli dezoksikortikosteron atsetat (3-4 kundan ortiq) qabul qilinganda oshishini hisobga olish kerak. Magniyning chiqarilishi paratgormon yuborilganda sekinlashadi. Buyrak yetishmovchiligida magniyning chiqarilishi sekinlashadi va takroran yuborilganda uning kumulyatsiyasi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun, keksalarda va buyrak funksiyasi og‘ir buzilgan bemorlarda doza 48 soat davomida 20 g magniy sulfatidan (81 mmol Mg2+) oshmasligi kerak, oliguriya yoki buyrak funksiyasi og‘ir buzilgan bemorlarga magniy sulfatni tez tomir ichiga yuborish mumkin emas. Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari ammiak-magniy fosfatlarining tez cho‘kishini tezlashtiradi, bu holatda vaqtincha magnezitoterapiya tavsiya etilmaydi. Magniy sulfat parenteral yuborilgandan so‘ng magniyning chiqarilishi buzilganda gipermagniyemiya yuzaga kelishi mumkin. Miasteniya va nafas olish organlari kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni uzoq muddat qo‘llashda yurak-qon tomir tizimi, pay reflekslari, buyrak funksiyasi va nafas olish chastotasini monitoring qilish tavsiya etiladi. Magniy sulfatni tomir ichiga yuborishda juda tez yuborilsa, gipermagniyemiya (belgilari – ko‘ngil aynishi, paresteziya, sedativ ta’sir, gipoventilyatsiya, apnoegacha, chuqur pay reflekslarining pasayishi) rivojlanishi mumkin, shuning uchun sekin yuborish kerak. Vitamin B6 va insulin bilan bir vaqtda parenteral yuborish magnezitoterapiya samaradorligini oshiradi. Zarurat tug‘ilganda magniy sulfat va kaltsiy preparatlarini bir vaqtda tomir ichiga yuborishda ularni turli tomirlarga yuborish kerak, bunda magniy darajasi organizmdagi kaltsiy darajasiga bog‘liqligini hisobga olish lozim. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida magniy sulfatni faqat kutilayotgan terapevtik ta’sir homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa va qondagi magniy konsentratsiyasi hisobga olingan holda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tug‘ruq vaqtida og‘riqni kamaytirishda bachadon mushaklarining qisqaruvchanlik qobiliyati susayishi mumkinligini hisobga olish va tug‘ruqni stimulyatsiya qiluvchi vositalarni qo‘llash talab qilinadi. Preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. Preparat pediatriyada qo‘llanilishi mumkin. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Bemorlarni potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashda yoki avtotransport boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi haqida ogohlantirish kerak, chunki preparat sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Mos kelmaslik. Farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi (cho‘kma hosil bo‘ladi) kaltsiy preparatlari, etanol (yuqori konsentratsiyalarda), karbonatlar, gidrokarbonatlar va ishqoriy metallarning fosfatlari, mishyak kislotasi tuzlari, bariy, stronsiy, klindamitsin fosfati, gidrokortizon natriy suksinati, polimiksin V sulfat, prokain gidroxlorid, salitsilatlar va tartaratlar bilan. Mg2+ konsentratsiyasi 10 mmol/ml dan yuqori bo‘lgan to‘liq parenteral ovqatlantirish aralashmalarida yog‘li emulsiyalarning qatlamlanishi mumkin. Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llash mumkin emas va bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Магний сульфат хорошо помогает с мышечными судорогами. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
  • Xurshid
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Спасибо за продукт!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico