Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Magniy hayotiy muhim elementdir, u hujayralarning me’yoriy faoliyati uchun zarur bo‘lib,
ko‘pgina moddalar almashinuvi reksiyalarida ishtirok etadi.
Qisman, u nerv impulslarining o‘tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Organizmdagi magniyning 1/3 qismi suyak to‘qimalarida to‘planadi.
Organizmga magniy ovqat bilan birga tushadi. Magniy yetishmovchiligi ovqatlanish tartibi buzilganda (parhez) yoki magniyga talab oshganda kuzatiladi.
Piridoksin (vitamin V6) ko‘pgina metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, u magniyning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini va hujayralarga kirishini yaxshilaydi.
Qon zardobidagi magniy miqdorlari:
- 12 va 17 mg/l orasida (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5 – 0,7 mmol/l): magniyning mo‘tadil miqdordagi yetishmovchiligini ko‘rsatadi;
- 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki 0,5 mmol/l): magniyning og‘ir tanqisligini ko‘rsatadi.
Farmakokinetika
Magniy tuzlarining me’da-ichak yo‘llaridan absorbsiya qilinishi tuzning eruvchanligi ahamiyatli bo‘lgan passiv mexanizmlar orqali amalga oshiriladi.
Bunday absorsiya qilishning darajasi 50% dan oshmaydi. Ajratish asosan buyraklar orqali sodir bo‘ladi.