Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Longidaza liyofilizat 3000IU № 5
Longidaza liyofilizat 3000IU № 5
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
400 554 so'm 404 600 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari longidaza liyofilizat 3000iu № 5
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 fl. tarkibida 3000 ME gialuronidaza faolligiga ega longidaza mavjud yordamchi modda: mannitol - 20 mg gacha
  • Qo'llanilishi
    kattalarda birgalikdagi terapiya tarkibida biriktiruvchi to‘qima gipoplaziyasi bilan kechuvchi kasalliklarni davolash va oldini olish uchun. ginekologiyada ichki jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklarida, shu jumladan truba-peritoneal bepushtlikda, bachadon ichi sinexiyalarda, surunkali endometritda kichik chanoqda bitishmalar jarayonini davolash va oldini olish; urologiyada surunkali prostatit, interstitsial sistitni davolash; jarrohlikda qorin bo‘shlig‘i a’zolarida operatsiyalardan so‘ng bitishmalar jarayonini davolash va oldini olish; jarohatlar, kuyishlar, operatsiyalar, piodermiyadan keyingi gipertrofik chandiqlar; uzoq bitmaydigan yaralar; dermatovenerologiya va kosmetologiyada chegaralangan sklerodermiya, keloid, gipertrofik, piodermiyadan, jarohatlar, kuyishlar, operatsiyalardan keyingi shakllanayotgan chandiqlarni davolash; pulmonologiya va ftiziatriyada pnevmoskleroz, fibrozlovchi alveolit, sil (kavernoz-fibrozli, infiltrativ, tuberkuloma)ni davolash;
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Gialuronidaza asosidagi preparatlarga gipersensitivlik, o'tkir infeksion kasalliklar, o'pka qon ketishi va qon tupurish, ko'z shishasiga yangi qon quyilishi, yomon sifatli o'smalar, buyrak yetishmovchiligi, 18 yoshgacha (klinik tadqiqotlar natijalari yo'q). Dori vositalari o'zaro ta'siri Longidaza preparatini antibiotiklar, antivirus, zamburug'larga qarshi preparatlar, bronxolitiklar bilan birga qo'llash mumkin. Boshqa dori vositalari (antibiotiklar, mahalliy anestetiklar, diuretiklar) bilan birga qo'llanganda Longidaza® ularning biologik mavjudligini oshiradi va ta'sirini kuchaytiradi. Salytsilatlar, kortizon, adrenokortikotrop gormon (AKTG), estrogenlar yoki antigistamin preparatlarning katta dozalari bilan birga qo'llanganda Longidaza preparatining fermentativ faolligi kamayishi mumkin. Longidaza preparatini furosemid, benzodiazepinlar, fenitoin saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
  • Qo'llash usuli
    Longidaza terisi ostiga (zararlanish joyi yaqiniga yoki chandiqli o‘zgargan to‘qimalar ostiga) yoki mushak ichiga 3000 ME dozasida 5 dan 25 gacha inʼektsiya kursi bilan (kasallikka qarab) 3 dan 10 kungacha bo‘lgan intervalda yuboriladi. Qo‘llash usullari shifokor tomonidan tashxis, kasallik og‘irligi, klinik kechish, bemor yoshi asosida tanlanadi. Zarur bo‘lsa, 2-3 oydan so‘ng takroriy kurs tavsiya etiladi. Biriktiruvchi to‘qimada og‘ir surunkali produktiv jarayonlar bilan kechadigan kasalliklarni davolashda standart kursdan so‘ng Longidaza 3000 ME preparati bilan uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlovchi terapiya, inʼektsiyalar orasidagi tanaffus 10-14 kun tavsiya etiladi. Dori va diagnostik vositalarning biofoydalanishini oshirish uchun asosiy preparat yuboriladigan joyga mushak ichiga yoki teri ostiga oldindan 10-15 daqiqa avval 1500 ME doza tavsiya etiladi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Tez-tez (>1/100, <1/10) - kiritish joyida og'riq. Ba'zan (>1/1000, <1/100) in'ektsiya joyida terining qizarishi, qichishish va shishish ko'rinishida reaktsiyalar mumkin. Barcha mahalliy reaktsiyalar 48-72 soat ichida yo'qoladi. Juda kam (< 1/10 000) allergik reaktsiyalar
  • Farmakologik xususiyatlari
    Preparat proteolitik faollikka ega. U fermentativ proteolitik (gialuronidaz) faollikning uzoq muddatli ta’siriga, immunomodulyatorlik, xelatlovchi, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Preparatning ta’sirini uzaytirish fermentning fiziologik faol yuqori molekulyar tashuvchi (faollashtirilgan N-oksid poli-1.4-etilenpiperazin hosilasi) bilan kovalent bog‘lanishi hisobiga amalga oshiriladi, u o‘zining farmakologik faolligiga ega: immunomodulyatorlik, detoksikatsiyalovchi va antioksidant ta’sir ko‘rsatadi. Kovalent bog‘lanish fermentning denaturatsiyalovchi ta’sirlarga va ingibitorlar ta’siriga nisbatan barqarorligini sezilarli darajada oshiradi. Longidaza fermentativ faolligi 37°S gacha qizdirilganda 20 sutka davomida saqlanadi, shu sharoitda nativ gialuronidaza esa bir sutka ichida o‘z faolligini yo‘qotadi. Kovalent bog‘lanish gidrolitik ferment va ferment ingibitorlari hamda kollagen sintezi stimulyatorlarini (temir, mis, geparin ionlari) bog‘lay oladigan tashuvchining bir vaqtda mahalliy mavjudligini ta’minlaydi. Ushbu xususiyatlar tufayli Longidaza nafaqat biriktiruvchi to‘qima matritsasini fibroz-granulematoz shakllanishlarda depolimerizatsiya qilish, balki biriktiruvchi to‘qima komponentlari sinteziga qaratilgan teskari regulyator reaksiyani ham bostirish qobiliyatiga ega. Testikulyar gialuronidazaning spetsifik substrati biriktiruvchi to‘qima matritsasining asosini tashkil etuvchi glikozaminoglikanlar (gialuron kislotasi, xondroitin, xondroitin-4-sulfat, xondroitin-6-sulfat) hisoblanadi. Gialuronidaza ta’sirida depolimerizatsiya (S 1 atsetilglikozamin va S 4 glyukuron yoki induron kislotasi orasidagi bog‘ning uzilishi) natijasida glikozaminoglikanlar o‘zining asosiy xususiyatlarini (yopishqoqlik, suv, metall ionlarini bog‘lash qobiliyati) yo‘qotadi. Kollagen oqsillarining tolalarga aylanishi ham qiyinlashadi, to‘qima to‘siqlari o‘tkazuvchanligi oshadi, hujayralararo fazoda suyuqlik harakati osonlashadi, biriktiruvchi to‘qimaning elastikligi ortadi. Preparat ta’siri natijasida to‘qima shishining kamayishi, chandiqlarning tekislanishi, bo‘g‘im harakatining hajmi oshishi, kontraktura va bitishmalar jarayonining kamayishi va ularning shakllanishining oldi olinadi. Preparat yallig‘lanish jarayonining o‘tkir fazasi namoyonlarini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlari (interleykin-1 va o‘sma nekrozi omili) sintezini (boshlang‘ich darajasiga qarab oshiradi yoki kamaytiradi) tartibga soladi, organizmning infeksiyaga chidamliligini va gumoral immun javobini oshiradi. Longidaza antigen xususiyatlarga, mitogen, poliklonal faollikka ega emas, allergiyalovchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kanserogen ta’sir ko‘rsatmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Longidaza antibiotiklar, virusga qarshi, zamburug‘ga qarshi va antigistamin preparatlar, bronxolitiklar, sitostatiklar, GKS bilan mos keladi. Birgalikda qo‘llanganda dori vositalarining biofoydalanishini oshiradi, mahalliy anestetiklar yuborilganda analgeziya boshlanishini tezlashtiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Preparatni infeksion shikastlanish, o‘tkir yallig‘lanish yoki o‘sma sohasiga yuborish tavsiya etilmaydi. 

    Homiladorlik va emizish davri
    Longidaza preparatini homilador va emizikli ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llamaslik kerak.


    Preparatning transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishga ta’siri
    Ta’sir ko‘rsatmaydi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Hozirgi vaqtda Longidaza preparati bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Спасибо магазину Oxymed за быструю доставку. Продукт соответствует описанию.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество продукта. Эффективно помогает при лечении.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico