Maxsus ko'rsatmalar
Anis va yalpiz ta'mli tabletkalar tarkibida shakar yo‘q, shuning uchun ularni qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga qo‘llash mumkin.
Shokolad, apelsin yoki malin ta'mli bir so‘riladigan tabletka 0,05 XE ni o‘z ichiga oladi, bu qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun hisobga olinishi kerak.
Agar infeksiya umumlashuvi asosiy klinik simptomlari mavjud bo‘lsa, tizimli antibakterial davolash buyurilishi kerak. Har qanday nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, Lizak® preparatini qabul qilishni to‘xtatish va boshqa dori vositasini buyurish kerak.
Mahalliy davolash uchun boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Anis va yalpiz ta'mli tabletkalar tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun galaktozani kamdan-kam uchraydigan irsiy intoleransiyasi, lizotsim gidroxlorid, dekvaliniy xlorid, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan bemorlarga ularni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash.
Kontrollangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu sababli, preparatni homiladorlik yoki emizish davrida faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng, davolash effekti homila/bolaga mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.
Lizak® diqqatni oshirishni talab qiladigan ishlarni bajarishga (avtotransport boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) ta’sir qilmaydi.