Farmakologik xususiyatlari
Oksimatrin — noyob tetratsikloxinolizidin alkaloidi. Oksimatrin — Sofora lisoxvostnoyning faol ingredienti bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, antiallergik, antitumor, antivirus (B gepatit virusi), antifibroz ta’sir ko‘rsatadi, yurak ritmini normallashtiradi, immunitet va oq qon tanachalari darajasini oshiradi, jigarni himoya qiladi, detumessensiya va diurezni yaxshilaydi, biologik javob reaksiyasini oshiradi.
Oksimatrin virus replikatsiyasini (ko‘payishini) ingibitsiya qiladi, jigar hujayralarining yemirilishini kamaytiradi va fibrozdan himoya qiladi, shuningdek, o‘t chiqishini osonlashtiradi.
Oksimatrin yurak qisqarishlarini tartibga soladi, ko‘plab sabablar bilan chaqirilgan aritmiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, koronar arteriyalarni kengaytiradi, qon oqimini oshiradi va yurak hujayralariga kislorod yetkazib berilishini yaxshilaydi, miokardit chaqiruvchi Koksaki virusiga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Oksimatrin sitoplazmadagi erkin Ca2+ darajasini oshiradi, shuningdek, tsAMF (tsiklik adenozinmonofosfat) ni kamaytiradi, shu tarzda oksimatrin immun tizimiga hujayra membranasi bilan o‘zaro ta’sir va Ca2+ hamda tsAMF darajasini o‘zgartirish orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Oksimatrin to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sma hujayralarining o‘sishini ingibitsiya qiladi
Oksimatrin terining allergik kasalliklari va infeksiyalarini davolashda qo‘llaniladi, doimiy ko‘payadigan keratinotsit hujayralarini bostiradi, xos bo‘lgan tangachalarni hosil qiladi, psoriaz o‘choqlarini kamaytiradi.
Oksimatrin IgE antitelosining shakllanishiga ta’sir qilmaydi, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri taloq hujayralariga ta’sir ko‘rsatadi. Allergiya sababli yuzaga keladigan to‘qima hujayralarining degranulyatsiyasini ingibitsiya qiladi, shu bilan gistamin ajralishini to‘xtatadi, to‘qima hujayralarining suyuqligini kamaytirish orqali.
Farmakokinetika
Og‘iz orqali qabul qilingandan so‘ng, oksimatrin ko‘proq o‘zlashtiriladigan shakl bo‘lgan matringa aylanadi. Preparat oshqozon va ingichka ichakda tez so‘riladi. Qabul qilingandan 4 soat o‘tib, oshqozon va ingichka ichakda preparatning 94,7% so‘riladi. Preparat asosan o‘t pufagi, buyraklar, jigar, ichak, suyak iligi, taloqda taqsimlanadi. Matrin qonda barqaror, u jigar tomonidan o‘zgartirilmaydi va 24 soat davomida o‘zgarmagan holda siydik va najas bilan chiqariladi.