-
Tavsif
Sariq tiniq eritma, qahrabo rangli ampulada.
-
Tarkibi
Har bir ampula (5 ml) quyidagilarni oʻz ichiga oladi: faol modda: essensial fosfolipidlar - EPL substansiyasi (diglitserid efir xolinofosfor kislotasi tabiiy kelib chiqishi, soya loviyasidan olingan ekstrakt asosan toʻyinmagan yogʻ kislotalari, xususan linoleviy (70%), linolen va olein kislotalari bilan birikmada) 250 mg; yordamchi modda: natriy dezoksixolat, benzil spirti, propilen glikol, suyuq E vitamini, butillangan gidroksi toluol, butillangan gidroksi anizol, riboflavin natriy fosfat, inʼeksiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
jigar yog'li degeneratsiyasi (shuningdek, diabetda); o'tkir va surunkali gepatitlar, sirroz, jigar hujayralarining nekrozi, jigar komasi va prekomasi, jigarning toksik shikastlanishlari, shu jumladan homiladorlik toksikozlari; operatsiyadan oldin va keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar sohada operatsiyalar o'tkazilganda; psoriaz, neyrodermitlar; radiatsion sindrom.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Liveress Forte preparati faol moddalarga va yordamchi komponentlarga individual yuqori sezuvchanlik mavjud bo'lsa qo'llanilmaydi. Preparat va spirtli ichimliklar: preparatni qo'llash bilan bir vaqtda spirtli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Agar shifokor tomonidan boshqa tavsiyalar bo'lmasa, kattalar va o'smirlar uchun v/v sekin 250-500 mg (1-2 amp.) sutkada, og'ir hollarda esa 500 mg-1g (2-4 amp.) sutkada yuboriladi. Bir martalik doza 10 ml dan oshmasligi kerak. Preparatni suyultirish uchun bemorning o'z qonini 1:1 nisbatda ishlatish tavsiya etiladi. V/v yuborish odatda 10 kungacha davom ettiriladi. Ikki ampulaning tarkibini bir vaqtda yuborish mumkin. Faqat shaffof eritmani qo'llash kerak. Aralash in'ektsiyalardan saqlanish kerak. Infuzion eritma tayyorlash uchun preparatni suyultirishda quyidagi elektrolitsiz eritmalarni ishlatish kerak: 5% yoki 10% dekstroza eritmasi (1:1 nisbatda), 5% ksilit eritmasi. Preparatni parenteral yuborishni imkon qadar erta og'iz orqali qabul qilinadigan, essensial fosfolipidlarni o'z ichiga olgan kapsulalarni qabul qilish bilan to'ldirish tavsiya etiladi. Standart davolash kursi 3 oy. Zarurat tug'ilganda kurs davom ettirilishi mumkin. Psoriazda davolash kursi 2-3 oy, psoriazni davolashning umumqabul qilingan usullari bilan birga olib boriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Liveress Forte preparati bilan davolash vaqtida dispeptik buzilishlar (ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i), allergik namoyonlar ko'rinishi mumkin. Nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lsa, ushbu preparatni qabul qilishni to'xtatish va davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning faol moddasini shunday ataluvchi essensial fosfolipidlar (EPL-substansiya) tashkil etadi, ular yuqori tozalangan fosfatidilxolin fraksiyasidan iborat. Ushbu fraksiyaning aniqlovchi komponenti dilinoleoilfosfatidilxolin hisoblanadi. Essensial fosfolipidlar kimyoviy tuzilishi jihatidan endogen membrana fosfolipidlariga o‘xshash bo‘lib, ularning funksional xususiyatlari poliyeto‘yinmagan yog‘ kislotalari, ayniqsa linoleviy kislota yuqori miqdorda bo‘lishi hisobiga ustunlik qiladi. Fosfolipidlar hujayra membranalari va organellalarning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Ular hujayralarning differensiyalanishi, bo‘linishi va regeneratsiyasida ishtirok etadi. Fosfolipidlarning funksional ahamiyati ularning amfifil xususiyatlariga asoslanadi, bu esa hujayra qobig‘ining o‘tkazuvchanligini tartibga solishga imkon beradi. Ular membranalarning funksiyasini, xususan ion almashinuvini, hujayra ichki nafas olish jarayonini, biologik oksidlanishni yaxshilaydi, mitoxondriyalarda hujayra ichki nafas olish fermentlarining bog‘lanishiga, shuningdek hujayralarning energetik almashinuvda oksidlovchi fosforillanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Fiziologik sharoitda fosfolipidlar sintezi gepatotsitlarning normal ehtiyojlarini qondiradi, ular yetarli miqdorda fosfolipidlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, jigar kasalliklarida hujayra membranalari tuzilishi va ferment tizimlari funksiyasi buziladi. Fosfolipidlar biosintezi buziladi, ularning yetishmovchiligi hujayra membranasi funksiyasining buzilishiga olib keladi. Bu jarayonlar ayniqsa mitoxondriyalarda yaqqol namoyon bo‘ladi, ular taxminan 30% fosfolipidlardan iborat bo‘lib, ularda eng muhim almashinuv jarayonlari, jumladan oksidlovchi fosforillanish amalga oshiriladi. Fosfolipidlar yetishmovchiligida yog‘ almashinuvi buziladi, bu esa jigar yog‘li distrofiyasiga olib keladi. O‘zining farmakologik xususiyatlari tufayli Essensiale ko‘rsatilgan buzilishlarni bartaraf etadi, hujayra membranalarining regeneratsiyasiga yordam beradi, buzilgan membranaga bog‘langan ferment tizimlari va retseptorlarni reaktivlashtiradi, jigarni detoksikatsiya qobiliyatini oshiradi va shu tariqa uning funksiyasini normallashtiradi. Farmakokinetika Xolin komponenti uchun yarim chiqarilish davri 66 soatni, to‘yingan yog‘ kislotalari uchun esa 32 soatni tashkil etadi. Inson organizmida farmakokinetika bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda kiritilgan N3 va S14 izotoplarining har biridan 5% dan kamrog‘i najas bilan ajralib chiqqan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lumotlar yo'q.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Vena ichiga yuboriladigan eritmani tayyorlash uchun elektrolit eritmalarini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Faqat shaffof eritmalarni qo‘llash kerak. Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik lozim. Homiladorlik va emizish davrida Homiladorlikda, preparat tarkibida benzil spirti mavjudligi sababli, u platsentar to‘siq orqali o‘tishi mumkin (benzil spirti saqlovchi preparatlarni muddatida tug‘ilgan yoki muddatidan oldin tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash ularning o‘lim bilan yakunlangan nafas yetishmovchiligi rivojlanishi bilan bog‘liq edi), preparatni qo‘llash faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘qligi sababli, emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalarda qo‘llash 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qarshi ko‘rsatma. Ehtiyotkorlik bilan – 3 yoshdan katta bolalarga.