Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Lyoton 1000 30g
Lyoton 1000 30g
Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG/Германия
Yaroqlilik muddati: 5 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
77 598 so'm 95 800 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari lyoton 1000 30g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Gel - 100 g.:
    • Faol modda: geparin natriy - 100 000 ME;
    • Yordamchi modda: karbomer, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, etanol 96%, neroli yog'i, lavanda yog'i, trolamin (trietanolamin), tozalangan suv.
    30 g, 50 g yoki 100 g preparat alyuminiy tubalarda, ichki tomoni epoksid smola bilan qoplangan, burama qopqoqli-perforator (polietilen/polipropilen) bilan.
  • Qo'llanilishi
    • yuza venalar kasalliklari: varikoz kengayishi, surunkali venoz yetishmovchilik va u bilan bog'liq asoratlar (yuza tromboflebit, yuza periflebiti);
    • to'qimalarning to'mtoq jarohatlari va lat yeyishlari;
    • teri osti gematomalari, shu jumladan venalarda operatsiyadan keyingi gematomalar, flebektomiyadan keyin;
    • lokal infiltratlar va yumshoq to'qimalarning shishi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    • geparinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
    • preparat surtiladigan joyda teri butunligining buzilishi (yarali-nekrotik o'zgarishlar); teri butunligining travmatik buzilishi (ochiq yaralar);
    • qon ketishga yuqori moyillik, trombotsitopeniya;
    • 18 yoshgacha bo'lgan yosh (preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan).
  • Qo'llash usuli
    Tashqi qo'llash uchun.
    Jelning kichik miqdori (3-10 sm) kuniga 1-3 marta zararlangan soha ustiga yupqa qatlamda surtiladi va ehtiyotkorlik bilan teriga ishqalab yuboriladi.

    Yuzaki venalar kasalliklarida:
    • Venoz yetishmovchilikning dastlabki belgilari (“og'irlik”, oyoqlarda og'riq, venoz shishlar)da simptomlarning og'irligiga qarab 1-3 hafta davomida qo'llaniladi;
    • Surunkali venoz yetishmovchilikda simptomlarning og'irligiga qarab 4-6 hafta davomida qo'llaniladi, 6 haftadan ortiq qo'llanilmaydi;
    • To'mtoq jarohatlar va yumshoq to'qimalar lat yeyishida: davolash kursi 5-7 kun yoki simptomlar yo'qolguncha, 10 kundan ortiq qo'llanilmaydi;
    • Teritagi gematomalarda, shu jumladan venalarga operatsiyadan so'ng, flebektomiyadan keyingi gematomalarda: davolash kursi 7-21 kun yoki simptomlar yo'qolguncha, 4 haftadan ortiq qo'llanilmaydi.
    Lokal infiltratlar va yumshoq to'qimalar shishlarida: davolash kursi 4-6 hafta yoki simptomlar yo'qolguncha, 6 haftadan ortiq qo'llanilmaydi.

    Keyingi davolash zarurati shifokor tomonidan belgilanadi.

    Agar davolash davomida yaxshilanish bo'lmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan ko'rsatmalar, qo'llash usuli va dozada qo'llang.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Juda kam hollarda (< 1/10000) tashqi qo'llashda geparinga gipersensitivlik reaksiyalari bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda (tez-tezligi noma'lum: mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi) preparat komponentlariga allergik reaksiyalar, terining qizarishi va/yoki teri qichishishi ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin, ular odatda preparatni qo'llash to'xtatilgandan so'ng o'tib ketadi.

    Agar Sizda yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa yoki ular kuchaysa, yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Geparin natriy - to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiluvchi antikoagulyant. Tromblar hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi, gialuronidaza faolligini susaytiradi, qonni fibrinolitik xususiyatlarini faollashtiradi.

    Tashqi qo'llanganda mahalliy antitrombotik, qarshi shish va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, qon mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi va to'qima almashinuvini faollashtiradi, natijada gematomalar va tromblarning so'rilishi jarayonlari tezlashadi, to'qimalarning shishishi kamayadi.

  • Maxsus ko'rsatmalar
    Shilliq qavatlarga, ochiq yaralarga surtish va gelni surtilishi mo‘ljallangan joyda yiringli shikastlanishlar mavjud bo‘lsa, qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    Lioton® 1000 preparatini chuqur venalar trombozida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Lioton® 1000 preparati tarkibiga kiruvchi metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat allergik reaksiyalar (shu jumladan, kechikkan tipdagi) chaqirishi mumkin.
     

    Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

    Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas. 

    Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

    Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda tez psixomotor reaksiyalar talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Geparin qo‘llanilishi peroral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtining uzayishiga yordam berishi mumkin. Preparatni mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan dori vositalari, masalan, tetratsiklin, gidrokortizon, salitsil kislotasi, antikoagulyantlar saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.



  • Dozani oshirib yuborilishi
     Haddan tashqari dozalash holatlari hozirgacha tavsiflanmagan. Tizimli so‘rilishning ahamiyatsizligi sababli mahalliy qo‘llashda haddan tashqari dozalash xavfi yo‘q. Gelinga tasodifiy peroral qo‘llash (masalan, bola tomonidan) natijasida ko‘ngil aynishi yoki qusish yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda oshqozonni yuvish va zarurat tug‘ilganda simptomatik terapiya buyurish kerak. Geparin ta’sirini protamin sulfat yordamida neytrallash mumkin. 
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Легкий в применении и действенный гель для снятия боли и воспаления. Спасибо магазину Oxymed за быструю доставку!
    05 August 2024
    0
    0
  • Feruza
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство от усталости и отечности после тяжелого дня. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico