Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: ortiqcha terlash, teri oqarishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rishning noaniqligi, quloqda shovqin, diplopiya, arterial bosimning pasayishi, bradikardiya, aritmiya, uyquchanlik, sovuq bosish, uvishish, tremor, bezovtalik, qo'zg'aluvchanlik, tutqanoq, yurak to'xtashi. Davolash: intoksikatsiyaning dastlabki belgilarida (bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish, eyforiya) dori vositasini qo'llash to'xtatiladi, bemor gorizontal holatga o'tkaziladi; kislorod inhalatsiyasi buyuriladi; tutqanoqlarda tomir ichiga 10 mg diazepam; bradikardiyada M-xolinoblokatorlar (atropin), vazokonstriktorlar (norepinefrin, fenilefrin). Dializ samarasiz.