Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
1 yoshdan
Extiyotkorlik bilan
1 yoshdan katta bolalar va kattalarda sezgir mikroorganizmlar tomonidan keltirilgan ko'zning yuzaki bakterial infektsiyalarini davolash; ko'zda jarrohlik va lazer operatsiyalaridan keyin asoratlarning oldini olish.
Levofloksasinga yoki preparatning boshqa komponentlariga gipertuyg‘urlik;
xinolon qator preparatlariga gipertuyg‘urlik;
homiladorlik;
laktatsiya davri.
Faqat mahalliy qo'llash uchun. Oftalmologiya: Kattalar va 1 yoshdan katta bolalar Dastlabki 2 kun davomida eritmadan 1-2 tomchi bir yoki ikkala zararlangan ko'zga har 2 soatda, kuniga 8 martagacha tomiziladi. 3-7 kun davomida har 4 soatda (kuniga 4 martagacha) tomiziladi. Davolash davomiyligi kasallik og'irligi va klinik hamda bakteriologik zararlanish rivojlanishiga bog'liq, odatda 7 kunni tashkil etadi. Bir vaqtning o'zida bir nechta oftalmologik preparatlar mahalliy qo'llanilganda instillyatsiyalar orasida 15 daqiqalik interval saqlash kerak. Eritmaning ifloslanishini oldini olish uchun tomizgich uchini qovoqlarga va ko'z atrofidagi to'qimalarga tekkizmaslik kerak. Otologiya: Tashqi otitlarda: Kattalar Zararlangan quloqqa 10 tomchi kuniga 1 marta 7 kun davomida tomiziladi. 1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar Zararlangan quloqqa 5 tomchi kuniga 1 marta 7 kun davomida tomiziladi. Surunkali yiringli o'rtacha otitlarda (baraban pardasining perforatsiyasi bilan): 12 yoshdan katta bemorlar Zararlangan quloqqa 10 tomchi kuniga 2 marta 14 kun davomida tomiziladi. Infeksion otitlarning oldini olishda: Zararlangan quloqqa 5 tomchi kuniga 2 marta 10 kun davomida tomiziladi
Immun tizimidan: kamdan-kam - tizimli allergik reaksiyalar, jumladan, teri toshmasi; juda kam - anafilaktik shok. Nerv tizimidan: kamdan-kam - bosh og'rig'i. Ko'z organidan: tez-tez - ko'zda kuyish, ko'rishning pasayishi, kon'yunktival bo'shliqda ipli shilimshiq ajralishi; kamdan-kam - xemos, kon'yunktivning qonlanishi, papillyar kon'yunktivit, ko'z qovoqlarining shishishi, ko'z qovoqlarining erytemasi, ko'zda noqulaylik, ko'zda qichishish, ko'zda og'riq, quruq ko'z sindromi, yorug'likka sezgirlik. Nafas tizimidan: kamdan-kam - rinitt, juda kam - girtakning shishishi.