Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari levomitsetin akos ko'z tamchilari 0,25% 10ml
Ko'z tomchilari 0,25 % 5 ml yoki 10 ml polimer flakonlarda tomizgichli probkalar va burama qopqoqlar bilan (polimer flakon-tomizgichlar).
Har bir flakon foydalanish bo'yicha yo'riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.
Qo'llanilishi
Ko'zning sezgir mikroflora tomonidan chaqirilgan bakterial infeksiyalari: -kon'yunktivit; -keratit; -blefarit, blefarokon'yunktivit; -keratokon'yunktivit; -neyroparalitik keratit ikkilamchi bakterial infeksiya mavjud bo'lganda.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
-preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik; -suyak iligi gemopoezining susayishi; -oʻtkir intermitent porfiriya; -glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; -jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi.
Preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak: -teri kasalliklarida (psoriaz, ekzema, zamburugʻli zararlanishlar); -homiladorlikda, laktatsiya davrida, yangi tugʻilgan davrda (4 haftagacha); -goʻdaklikning ilk yoshida.
Qo'llash usuli
Preparat kon'yunktival qopchaga har 1-4 soatda 1-2 tomchidan tomiziladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Mahalliy allergik reaksiyalar.
Uzoq muddat qo'llanganda: retikulotsitopeniya, leykopeiya, granulositopeniya, trombotsitopeniya, eritrotsitopeniya; kamdan-kam hollarda - aplastik anemiya, agranulositoz; ikkilamchi zamburug'li infeksiya.
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega bakteriostatik antibiotik, mikroblar hujayrasida oqsil sintezi jarayonini buzadi (yogʻda eruvchanligi tufayli bakteriya hujayra membranasi orqali oʻtadi va bakterial ribosomalar 50S subbirligiga qaytar bogʻlanadi, bunda aminokislotalarning oʻsuvchi peptid zanjirlariga koʻchishi toʻxtatiladi, bu oqsil sintezi buzilishiga olib keladi). Penitsillin, tetratsiklin, sulfanilamidga chidamli bakteriya shtammlariga nisbatan samarali. Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter (Aerobacter)ning ayrim turlari, Neisseria turlari, Staphylococcus aureus, Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Streptococcus hemolyticus), Moraxella lacunata, rickettsiyalar va mikoplazmalarga nisbatan faol. Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescensga nisbatan samarali emas.
Maxsus ko'rsatmalar
Oftalmologik shakllarni qoʻllashdan keyin suyak iligi gipoplaziyasi rivojlanishi haqida alohida ma'lumotlar mavjud (davolash jarayonida periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur).
Avval sitostatik preparatlar yoki nur terapiyasi olgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!