Dorilarning o'zaro ta'siri
Levofloksasin siklosporin T ni oshiradi.
Levofloksasin effektini ichak motorikasini susaytiruvchi preparatlar, sukralfat, magniy va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar va temir tuzlari kamaytiradi (qabul qilish oralig'i kamida 2 soat bo'lishi kerak).
Bir vaqtda qo'llanganda NPVS, teofillin tutqanoq tayyorgarligini oshiradi, GKS - paylarning yorilishi xavfini oshiradi.
Simetidin va kanalikulyar sekretsiyani bloklovchi dori vositalari levofloksasinni chiqarilishini sekinlashtiradi.
V/i yuborish uchun levofloksasin eritmasi 0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, 2,5% dekstroza bilan Ringer eritmasi, parenteral oziqlantirish uchun kombinatsiyalangan eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar) bilan mos keladi.
V/i yuborish uchun levofloksasin eritmasini geparin va ishqoriy reaksiya ko'rsatuvchi eritmalar bilan aralashtirib bo'lmaydi.