-
Tarkibi
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletkada:
faol modda: levotsetirizin digidroxlorid 5 mg;
yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza (E171), gipromelloza (E464), titan dioksidi, makrogol 400, polisorbit 80 (E433).
-
Qo'llanilishi
Allergik kasalliklar va holatlarning simptomatik terapiyasi:
— butun yil davomida (persistiruvchi) va mavsumiy (intermittiruvchi) allergik rinit va allergik kon'yunktivit (qichishish, aksirish, rinoreya, ko'z yoshlanishi, kon'yunktiva giperemiyasi, burun bitishi);
— pollinoz (pichan isitmasi);
— eshakemi (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi);
— Kvinke shishi;
— qichishish va toshmalar bilan kechuvchi boshqa allergik dermatitlar.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga, shuningdek, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi (KK 10 ml/min dan kam).
-
Qo'llash usuli
Lesetrin tabletkalari og‘iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat’i nazar, oz miqdorda suyuqlik bilan chayqab, chaynalmay qabul qilinadi.
6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: tavsiya etilgan sutkalik doza 5 mg (1 tabletka kuniga 1 marta).
12 yoshdan katta bolalar va kattalar: tavsiya etilgan sutkalik doza 5 mg (1 tabletka kuniga 1 marta).
Qariyalar: buyrak funksiyasi normal bo‘lsa, levosetirizin sutkalik dozasini kamaytirish talab qilinmaydi.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar: preparatni qabul qilish oralig‘ini KK darajasiga muvofiq individual tanlash tavsiya etiladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Markaziy nerv tizimidan:
- kamdan-kam - bosh og'rig'i, charchoq, uyquchanlik;
- juda kam - asteniya; juda kam - agressiya, hayajon, tutqanoq, gallyutsinatsiya, depressiya, ko'rish qobiliyatining buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimidan:
- juda kam - takikardiya.
Nafas olish tizimidan:
- juda kam - dispnoe.
Ovqat hazm qilish tizimidan:
- kamdan-kam - og'izda quruqlik;
- juda kam - qorin og'rig'i;
- juda kam - qusish, diareya, gepatit, jigar funksional sinovlarining o'zgarishi.
Skelet-mushak tizimidan:
- juda kam - mialgiya.
Metabolizmdan:
- juda kam - tana massasi oshishi.
Allergik reaksiyalar:
- juda kam - qichishish, toshma, urtikarniya, angionevrotik shish, anafilaksiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Levotsetirizin - tsetirizinning enantiomeri, konkurentli gistamin antagonisti, gistaminli N1 retseptorlarini bloklaydi, ularga nisbatan affiniteti tsetirizinga nisbatan 2 baravar yuqori. Levotsetirizin gistaminga bog‘liq allergik reaksiyalar bosqichiga ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, eozinofillar migratsiyasini kamaytiradi, tomir o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarining ajralishini cheklaydi. Allergik reaksiyalarning rivojlanishini oldini oladi va ularning kechishini yengillashtiradi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta’sirga ega, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta’sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Levotsetirizinning boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri o'rganilmagan.
Tsetirizin racematining psevdofedrin, tsimetidin, ketokonazol, eritromitsin, azitromitsin, glipizid va diazepam bilan dori vositalari o'zaro ta'siri o'rganilganda klinik jihatdan ahamiyatli nojo'ya o'zaro ta'sir aniqlanmagan.
Teofillin (400 mg) bilan bir vaqtda qo'llanganda tsetirizinning umumiy klirensi 16% ga kamayadi, teofillinning farmakokinetik ko'rsatkichlari o'zgarmaydi.
Ba'zi hollarda levotsetirizin etanol yoki markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalari bilan birga qo'llanganda ularning markaziy asab tizimiga ta'siri kuchayishi mumkin, garchi tsetirizin racematining alkogol ta'sirini kuchaytirishi isbotlanmagan.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Alkogol bilan birga qo'llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka laktosa saqlaydi, shuning uchun tabletkalarni galaktozani kam uchraydigan irsiy o'zlashtira olmaslik bilan og'rigan bemorlarga buyurmaslik kerak.
Preparatning tavsiya etilgan dozasida avtomobil haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri ishonchli aniqlanmagan. Shunga qaramay, preparatni qabul qilish davrida diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish maqsadga muvofiq.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Kattalarda uyquchanlik bo'lishi mumkin, bolalarda avval qo'zg'aluvchanlik va bezovtalik, keyin esa uyquchanlik kuzatiladi