Qo'llash usuli
Davolash boshida har bir kon'yunktival qopchaga 1-2 tomchi 4 marta/kun 4-6 soat oralig‘ida buyuriladi. Zarur bo‘lsa, preparatni qo‘llash tez-tezligini 6-8 marta/kun gacha oshirish mumkin.
Davolash kasallik simptomlari to‘liq yo‘qolguncha davom ettiriladi.
Mavsumiy allergik kon'yunktivitda ;davolash birinchi simptomlar paydo bo‘lishi bilan darhol boshlanishi yoki chang mavsumi boshlanishidan oldin profilaktik tarzda qo‘llanilishi kerak. Davolash butun gullash mavsumi davomida yoki simptomlar saqlanib tursa, undan uzoqroq davom ettiriladi.
Davolashdan bir necha hafta davomida ijobiy ta’sir bo‘lmasa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak.
Lekrolin® preparatini tyo‘bik-kapelnitsada qo‘llash qoidalari
1. Paketni punktir chizig‘i bo‘ylab oching.
2. Bir tyo‘bik-kapelnitsani ajrating.
3. Paketni yaxshilab yoping.
4. Eritma tyo‘bik-kapelnitsaning pastki qismida ekanligiga ishonch hosil qiling va tyo‘bik-kapelnitsani oching.
5. Ko‘zga 1-2 tomchi tomizing.
Tyo‘bik-kapelnitsada mavjud doza har ikki ko‘zga bir marta tomizish uchun yetarli. Bir martalik ishlatishdan so‘ng tyo‘bik-kapelnitsani tashlab yuborish kerak, hatto ichida eritma qolgan bo‘lsa ham.