Maxsus ko'rsatmalar
Levofloksasinni, xinolon va ftorxinolonlarni o'z ichiga olgan dori vositalarini qabul qilish bilan bog'liq jiddiy nojo'ya reaksiyalar tarixi bo'lgan bemorlarga qo'llashdan saqlanish kerak (qarang "Nojo'ya reaksiyalar" bo'limi). Bunday bemorlarni levofloksasin bilan davolash faqat muqobil davolash usullari mavjud bo'lmaganda va foyda/xavf nisbati ehtiyotkorlik bilan baholanganidan so'ng boshlanishi kerak.
Homiladorlik
Levofloksasinni homiladorlik davrida qo'llash bo'yicha tadqiqotlar soni cheklangan. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklik bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zararli ta'sir ko'rsatmaydi. Biroq, inson organizmiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar yo'qligi va eksperimental ma'lumotlarga ko'ra, ftorxinolonlar o'sayotgan organizmda bo'g'im xaftagasiga zarar yetkazish xavfi mavjudligi sababli, levofloksasinni homilador ayollarga buyurib bo'lmaydi (qarang "Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limi).
Emizish davri
Levofloksasin emizikli ayollarga qo'llash mumkin emas. Levofloksasinning ko'krak sutiga ajralishi bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas, garchi boshqa ftorxinolonlar ko'krak sutiga o'tadi. Inson organizmiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar yo'qligi va eksperimental ma'lumotlarga ko'ra, ftorxinolonlar o'sayotgan organizmda bo'g'im xaftagasiga zarar yetkazish xavfi mavjudligi sababli, levofloksasinni emizikli ayollarga buyurib bo'lmaydi (qarang "Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limi).
Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Ba'zi nojo'ya reaksiyalar (masalan, bosh aylanishi/vertigo, uyquchanlik, ko'rishning buzilishi) bemorning diqqatini jamlash va reaksiya tezligiga ta'sir qilishi mumkin va shu tariqa, ayniqsa, ushbu sifatlar muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlarda (masalan, transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda) xavf oshishiga olib kelishi mumkin.