-
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Faol modda: L- arginina gidroxlorid (argininga ekvivalent) – 42,0 mg;
Yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha
-
Qo'llanilishi
Yurak va bosh miya tomirlarining aterosklerozi, periferik tomirlar aterosklerozi, shu jumladan intermitent xromota namoyonlari bilan, diabetik angiopatiya, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o'tkir miokard infarkti va o'tkir miya qon aylanishi buzilishidan keyingi holatlar, kardiomiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o‘pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o‘pka gipertenziyasi, turli etiologiyadagi o‘tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniemiya, gipoksik holatlar, rekonvalestsensiya jarayonidagi asthenik holatlar, shu jumladan infeksion kasalliklar va operatsion aralashuvlardan keyin, metabolik alkaloz, timus bezining funksiyasi pasayishi, homila rivojlanishining orqada qolishi va preeklampsiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari, giperkhloremik atsidoz; anamnezda allergik reaksiyalar; kaliyni tejovchi diuretiklar, shuningdek, spironolakton qo'llash. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llanilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Preparat tomir ichiga tomchilab, dastlabki 10-15 daqiqa davomida daqiqasiga 10 tomchi tezlikda yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligini daqiqasiga 30 tomchigacha oshirish mumkin. Sutkalik doza - 100 ml eritma. Markaziy va periferik tomirlarda qon aylanishining og‘ir buzilishlarida, yaqqol intoksikatsiya, gipoksiya, asteniya holatlarida dozani sutkada 200 ml gacha oshirish mumkin. Infuzion eritmani yuborishning maksimal tezligi 20 mmol/soatdan oshmasligi kerak. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatning doza sutkada tana vaznining 1 kg ga 5 - 10 ml ni tashkil etadi. Metabolik alkalozni davolash uchun dozani quyidagicha hisoblash mumkin:
L - arginina gidroxlorid (mmol)
---------------------------------------- ´ 0,3 x tana vazni (kg)
ishqorlar ortiqligi (Ve) (mmol/l)
Yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Qo‘shimcha tuzatishni yangilangan kislota-ishqor muvozanati natijalari olingandan so‘ng amalga oshirish lozim.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Umumiy buzilishlar: gipertermiya, issiqlik hissi, badan og‘rig‘i.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: bo‘g‘imlarda og‘riq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan: yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan giperemiya, qichishish, terining oqarishi, akrosianozgacha.
Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan toshma, eshakemi, angionevrotik shish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning o‘zgarishi, yurak ritmining o‘zgarishi, yurak sohasida og‘riq.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘rquv hissi, holsizlik, tutqanoq, tremor, ko‘proq yuborish tezligi oshirilganda.
Laborator ko‘rsatkichlar: giperkaliemiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
L-arginin (a-amino-d-guanidinovalerian kislota) - aminokislota bo‘lib, shartli ravishda almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘plab hayotiy muhim funksiyalarining faol va ko‘p qirrali hujayra regulyatori hisoblanadi, organizmning kritik holatida muhim protektorlik effektlarini namoyon qiladi. Larnisol antigipoksik, membranostabilizatsiyalovchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal, detoksikatsion faollikka ega, oraliq almashinuv va energiya ta’minoti jarayonlarining faol regulyatori sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal muvozanatni saqlashda muayyan rol o‘ynaydi. Ma’lumki, arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga qo‘shiladi, membranodepolarizatsion ta’sir ko‘rsatadi.
L-arginin jigarida siydikchiqariq siklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniemik effekti ammiakni siydikchiqarikka aylantirishni faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Preparat antioksidant, antigipoksik va membranostabilizatsiyalovchi faolligi tufayli gepatoprotektorlik ta’siriga ega, gepatotsitlarda energiya ta’minoti jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Larnisol NO-sintaza uchun substrat hisoblanadi – bu ferment endoteliy hujayralarida azot oksidi sintezini katalizlaydi. Preparat guanilattsiklazani faollashtiradi va qon tomir endoteliyida tsiklik guanidinmonofosfat (tsGMF) darajasini oshiradi, leykotsitlar va trombotsitlarning endoteliyga aktivatsiyasi va adgeziyasini kamaytiradi, VCAM-1 va MCP-1 adgeziya proteinlari sintezini bostiradi, shu bilan aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, kuchli vazokonstriktor va qon tomir devorining silliq miotsitlari proliferatsiyasi va migratsiyasi stimulyatori bo‘lgan endotelinni 1 sintezini bostiradi. Larnisol shuningdek, kuchli endogen oksidativ stress stimulyatori bo‘lgan assimmetrik dimetilarginin sintezini ham bostiradi. Preparat timus bezining faoliyatini stimulyatsiya qiladi, u T-hujayralarni ishlab chiqaradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini tartibga soladi. Kislota hosil qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini tuzatishga yordam beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda infuziya boshlanishidan oldin diurez va qonda kaliy darajasini tekshirish zarur, chunki preparat giperkaliemiyaning rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Endokrin bezlar funksiyasi buzilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat insulin va o‘sish gormoni sekretsiyasini stimulyatsiya qilishi mumkin. Og‘iz qurishi paydo bo‘lsa, qondagi shakar darajasini tekshirish zarur. Elektrolit almashinuvi buzilishlari, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar preparat qabul qilish fonida asteniya simptomlari kuchaysa, davolashni to‘xtatish zarur.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Preparat platsenta orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat onaga kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Preparatni emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Bolalar
Preparat 3 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llaniladi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Avtotransport boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur, chunki preparat bosh aylanishini chaqirishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Larnisol qo'llanilganda, preparat buyrak yetishmovchiligi fonida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda yaqqol va barqaror giperkaliemiyani chaqirishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Kaliy tejovchi diuretiklarni oldindan qo'llash ham qonda kaliy konsentratsiyasi darajasining oshishiga yordam berishi mumkin.
Aminofillin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qonda insulin darajasi oshishi mumkin.
Mos kelmaslik. Preparat tiopental bilan mos kelmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlari: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.
Davolash: Dozani oshirib yuborishda preparat infuziyasini to'xtatish zarur. Fiziologik reaksiyalar va organizmning hayotiy funksiyalarini monitoring qilish kerak. Zarur bo'lsa, ishqoriy vositalar va diurezni tiklash uchun vositalar (saluretiklar), elektrolit eritmalari (0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% glyukoza eritmasi) yuboriladi.