Dorilarning o'zaro ta'siri
Lansoprazol teofillinning klirensini (10% ga) kamaytiradi.
Sukralfat lansoprazolning biologik mavjudligini 30% ga kamaytiradi (bu preparatlarni qabul qilish orasida 30-40 daqiqa interval kerak).
Ferment tizimi sitoxrom R450 ishtirokida metabolizatsiyalanadigan preparatlar bilan o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkin.
Antasidlarni Lantorolni qabul qilishdan bir soat oldin yoki bir soat o‘tgach qabul qilish kerak, chunki ular dori vositasining organizmga so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Bir vaqtda qabul qilingan, biologik mavjudligi oshqozon muhitining pH ga bog‘liq bo‘lgan preparatlar (masalan, ketokonazol) bilan Lantorol ularning so‘rilishini o‘zgartirishi mumkin.
Preparat antipirin, diazepam, ibuprofen, indometatsin, og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptivlar, fenitoin, prednizolon, propranolol, varfarin bilan mos keladi.