-
Tarkibi
faol moddalar:
Lambrotin 15 mg / 2,5 mg: har 5 ml tarkibida:
Ambroksol gidroxlorid BP 15 mg;
Setirizin gidroxlorid BP 2,5 mg;
Lambrotin 30 mg / 5 mg: har 5 ml tarkibida:
Ambroksol gidroxlorid BP 30 mg;
Setirizin gidroxlorid BP 5 mg.
yordamchi moddalar:
Lambrotin 15 mg / 2,5 mg: sorbitol eritmasi 70%, metilparaben, propilparaben, tiomochevina, propilenglikol, suyuq glyukoza, glitserin, atsesulfam kaliy, natriy saxarin, limon kislotasi, natriy sitrat, malina essensiyasi, yalpiz essensiyasi, di natriy gidrofosfat, limon kislotasi, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
− nafas yo‘llari kasalliklari, quyuq balg‘am ajralishi bilan;
− balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan bronxial astma;
− o‘tkir va surunkali bronxit;
− pnevmoniya;
− bronxoektatik kasallik;
− surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
− preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
− og‘ir buyrak kasalliklari;
− homiladorlik va laktatsiya (emizish).
Dori vositasi ehtiyotkorlik bilan o‘rta va og‘ir darajadagi surunkali piyelonefritda, buyrak yetishmovchiligida (dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi), keksalarda (bu toifadagi bemorlarda glomerulyar filtrlatsiyaning kamayishi mumkinligi sababli) buyuriladi.
-
Qo'llash usuli
Lambrotin preparati og‘iz orqali, ovqat vaqtida, oz miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Bolalarga Lambrotin siropi (5 ml da 15 mg ambroksol) quyidagi dozalarda tavsiya etiladi:
2 yoshgacha — 2,5 mg dan kuniga 2 marta;
2 yoshdan 5 yoshgacha — 2,5 ml dan kuniga 3 marta;
5 yoshdan katta — 5 ml dan kuniga 2-3 marta.
Kattalarga Lambrotin siropi (5 ml da 30 mg ambroksol) 10 ml dan kuniga 2-3 marta tavsiya etiladi.
7 kundan ortiq davolashda doza 2 baravar kamaytiriladi.
Shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Davolash davomida ko‘p suyuqlik (sharbat, choy, suv) ichish zarur, chunki bu preparatning mukolitik ta’sirini kuchaytiradi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat odatda yaxshi ko'tariladi. Kamdan-kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, holsizlik, bosh og'rig'i, gastralgiya, oshqozonda to'liq his qilish, ko'ngil aynishi, qusish, ovqat hazm qilishning buzilishi kuzatiladi. Ushbu holatlar vaqtinchalik bo'lib, preparatni bekor qilishni talab qiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Ambroksol mukolitik vosita hisoblanadi. Sekretomotor, sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega; bronxlar shilliq qavati bezlarining seroz hujayralarini stimulyatsiya qiladi, shilliq sekretsiya miqdorini oshiradi va alveolalar hamda bronxlarda sirt faol modda (surfactant) ajralishini kuchaytiradi; balg'amning seroz va shilliq komponentlari buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va sekretor hujayralardan lizosomalar ajralishini kuchaytirib, balg'amning quyuqligini kamaytiradi. Kiprikli epiteliy harakat faolligini oshiradi, mukotsiliyar transportni kuchaytiradi. Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng ta'siri 30 daqiqadan keyin rivojlanadi va 6-12 soat davom etadi.
Tsetirizin antiallergik vosita hisoblanadi. Tsetirizin - antigistamin preparat, selektiv N1-reseptorlar antagonisti bo'lib, sezilarli antixolinergik va antiserotonin ta'siriga ega emas. Tsetirizin gematoentsefalik to'siqdan o'tmaydi. Tsetirizin allergik reaksiyaning erta bosqichini to'xtatadi, shuningdek, eozinofillar kabi yallig'lanish hujayralarining migratsiyasini kamaytiradi; kech allergik reaksiyada ishtirok etuvchi mediatorlar ajralishini bostiradi. Tsetirizin bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda gistamin ajralishiga javoban yuzaga keladigan bronxial daraxt gipereaktivligini sezilarli darajada kamaytiradi. Preparatning bu ta'sirlari markaziy ta'sir bilan birga kechmaydi, bu psixometrik testlar va EKG ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Lambrotin boshqa preparatlar bilan birga qo'llanilishi mumkin. Dori vositalari o'zaro ta'sirining nojo'ya namoyonlari haqida ma'lumotlar yo'q.
Yo'talga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanilganda, yo'tal kamayishi fonida balg'am ajralishi qiyinlashadi. Amoksitsillin, tsefuroksim, eritromitsin va doksitsiklinning bronxial sekretsiyaga kirib borishini oshiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligida klinik manzaraga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, uyquchanlik, sekinlashuv, holsizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, asabiylashuvning oshishi, siyishning ushlanishi, charchoq (ko'pincha sutkalik 50 mg setirizin qabul qilinganda).
Davolash: sun'iy qusish chaqirish, preparat qabul qilingandan keyin dastlabki 1-2 soat ichida oshqozonni yuvish, yog'larni o'z ichiga olgan ovqat qabul qilish yoki faollashtirilgan ko'mir buyuriladi.