-
Tavsif
Qo'llanish sohasi: ovqatga qo'shimcha sifatida BAA tarzida ichakning sog'lom mikroflorasini va normal hazm qilishni qo'llab-quvvatlash uchun qo'llaniladi. Antibiotiklar qo'llanilganda, boshqa dori vositalari ta'siridan so'ng, o'tkazilgan ichak infeksiyalari va disbakterioz rivojlanishiga olib keluvchi boshqa omillar ta'siridan so'ng ichak mikroflorasini samarali tiklashga yordam beradi.
V guruhi vitaminlari (V1, V2, V3, V5, V6, V12): organizmda juda kam miqdorda to'planadigan, suvda eriydigan moddalar bo'lib, ular muntazam ravishda oziq-ovqat bilan organizmga tushib turishi kerak. Ingichka va yo'g'on ichakda so'riladi, barcha turdagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi, energiya hosil bo'lishining normallashuviga yordam beradi.
Lactobacillus, Streptococcus thermophiles va Bifidobacterium: bu antibiotiklarga chidamli, probiotik mikroorganizmlar bo'lib, ular ichak devoriga birikish va o't va kislotalarga chidamliligi tufayli me'da-ichak traktida yaxshi yashaydi va faol ko'payadi. Ko'plab patogen mikroorganizmlarga tormozlovchi ta'sir ko'rsatadi, ichak shilliq qavatining himoya funksiyasini mustahkamlashga yordam beradi, immun javobni kuchaytiradi, antimikrob moddalar (sut kislotasi, bakteritsinlar) ishlab chiqaradi, vitaminlar hosil bo'lishini faollashtiradi, toksik moddalarni parchalaydi.
Aloe: 250 dan ortiq biologik faol moddalarni (shu jumladan vitaminlar kompleksi, mikroelementlar, aminokislotalar va boshqa birikmalar) o'z ichiga oladi, inson organizmining barcha organlari faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ichak mikroflorasini tiklashga, organizmdan toksinlar va shlaklarni chiqarishga yordam beradi, probiotik mikroorganizmlarning hayot faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi.
-
Tarkibi
1 flakon (10 ml) tarkibi:
faol moddalari:
qopqoq-dozatorida:
Bifidobacterium animalis ssp.lactis & Bifidobacterium breve 1*10^9 KOYe
Lactobacillus rhamnosus 0,25*10^9 KOYe
Lactobacillus acidophilus 0,25*10^9 KOYe
Lactobacillus bulgaricus 0,5*10^9 KOYe
Streptococcus thermophilus 0,5*10^9 KOYe
Pantoten kislotasi 1,8 mg
Niyatsin 5,4 mg
Vitamin B6 0,60 mg
Vitamin B2 0,48 mg
Vitamin B12 2 mkg
Vitamin B1 0,42 mg
10 ml flakonda:
Aloe 200 mg
yordamchi moddalari:
qopqoq-dozatorida: maltodekstrin, magniy stearati, kremniy dioksidi, kraxmal
10 ml flakonda: suv, asal, sharbat aromatizatori, fruktoza, kaliy sorbati, natriy benzoati, sukraloza, limon kislotasi, aromatizator.
10 ml uchun oziq-ovqat qiymati:
Oqsillar 0 g
Yog‘lar 8,8 g
Uglevodlar 0 g
Energetik qiymati 331 kJ / 79 kkal
-
Qo'llanilishi
Sog‘lom ichak mikroflorasini samarali qo‘llab-quvvatlash, normal hazm qilish va disbakterioz rivojlanishining oldini olish uchun oziq-ovqat BADi sifatida qo‘llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezgirlik.
- 3 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Kuniga 1 flakon (10 ml) qabul qilish kerak. Qo'llashdan oldin flakon tarkibini yaxshilab chayqatish lozim.
-
Farmakologik xususiyatlari
Sut kislotali fermentlar ichak mikroflorasining muvozanatini tiklash uchun foydalidir.
Vitamin B1 va Pantoten kislotasi – normal energiya almashinuviga yordam beradi.
Niyatsin B2, B6, B12 vitaminlari bilan birga – charchoq va toliqishni kamaytirishga yordam beradi.
Aloe – immunitetni mustahkamlash, virusli infeksiyalarga qarshi turish va organizmning himoya funksiyalarini oshirishga qodir.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tavsiya etilgan kunlik doza oshirilmasligi va BADni xilma-xil muvozanatli ovqatlanishni almashtirish sifatida qo‘llanilmasligi kerak. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Qo‘llashdan oldin yaxshilab chayqatilsin.