Ichak mikroflorasining normal holatini tiklashga, immun tizimining himoya funksiyasini va organizmning umumiy rezistentligini oshirishga yordam beruvchi 9 ta probiotik mikroorganizmlar (bifido- va laktobakteriyalar) shtammlarining muvozanatli kombinatsiyasi.
MULTIPROBIOTIK LAKTOBALANS® tarkibida inson mikroflorasiga identik, yuqori hayotiylikka ega bo‘lgan, oshqozon shirasi, ovqat hazm qilish fermentlari va o‘t kislotalariga chidamli 9 ta tirik liofilizatsiyalangan bifido- va laktobakteriyalar shtammlari mavjud. Ushbu shtammlar yuqori adgeziya va ichak shilliq qavatida kolonizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, normal mikroflora o‘sishi uchun optimal sharoit yaratadi.
Probiotiklar – foydali mikroorganizmlar bo‘lib, ular ichak mikroflorasining tarkibini normallashtirish yoki faolligini oshirish orqali organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bifidobakteriyalar patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning o‘sishini to‘xtatadi va normal mikroflora rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, ovqat hazm qilishning normal jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ichak immun hujayralarini faollashtiradi va allergik namoyonlar uchun javobgar bo‘lgan IgE immunoglobulin ishlab chiqarilishini kamaytiradi, B guruhi vitaminlar sinteziga yordam beradi.
Laktobakteriyalar ichak mikroflorasining normal holatini tiklashga yordam beradi. Laktobakteriyalar ishtirokida toksinlar (ammiak, indol va fenollar) konsentratsiyasi kamayadi. Laktobakteriyalar bifidobakteriyalarning ijobiy ta’sirini to‘ldiradi va sut mahsulotlarini o‘zlashtirishni yaxshilashga yordam beradi.
LAKTOBALANS® tarkibida kartoshka kraxmali mavjud bo‘lib, u bifido- va laktobakteriyalarning oshqozon-ichak traktidan o‘tishini va ularning ichak shilliq qavatida o‘sishini ta’minlaydi va rag‘batlantiradi.
MULTIPROBIOTIK LAKTOBALANS® tarkibiga kiruvchi bifido- va laktobakteriyalar quyidagilarga yordam beradi:
- ichak mikroflorasini tiklash va normallashtirish, shu jumladan, ovqatlanishdagi xatoliklar, iqlim, iste’mol qilinadigan suv va dieta o‘zgarishida;
- antibakterial terapiya davrida ichak mikroflorasini normallashtirish;
- ichakning funksional holatini yaxshilash;
- ichak buzilishlari xavfini kamaytirish;
- iqlim o‘zgarishida ichakning normal funksiyasini qo‘llab-quvvatlash;
- ichakda ammiak, indol va oltingugurt vodorod kabi zararli moddalar hosil bo‘lishini kamaytirish;
- vagina mikroflorasining normal holatini qo‘llab-quvvatlash;
- immun tizimining himoya funksiyasini va organizmning umumiy rezistentligini oshirish.
Bifido- va laktobakteriyalarning foydali xususiyatlarini hisobga olgan holda, MULTIPROBIOTIK LAKTOBALANS® quyidagilarda qo‘llanilishi mumkin:
- oshqozon-ichak trakti mikroflorasining sifat yoki miqdor tarkibini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni qabul qilish jarayonida va/yoki undan keyin yordamchi vosita sifatida;
- iqlim, yashash joyi o‘zgarishida ichak buzilishlarining oldini olish uchun;
- infeksiyalarga yuqori moyillikda va organizmning umumiy rezistentligini oshirish uchun.
LAKTOBALANS® tarkibidagi probiotik mikroorganizmlar butun yaroqlilik muddati davomida xona haroratida barqarorligini saqlaydi, sovutkichda saqlashni talab qilmaydi.
MULTIPROBIOTIK LAKTOBALANS® tarkibida sun’iy konservantlar va bo‘yoqlar, shakar, sut mahsulotlari va kazein hosilalari mavjud emas, shuning uchun laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslar va sut mahsulotlariga allergiyasi bo‘lgan odamlar tomonidan qo‘llanilishi mumkin.