Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ovqatdan oldin kuniga 1 kapsuladan buyuriladi. Kapsula tarkibini oz miqdorda suyuqlik (sharbat, shakarli suv) bilan aralashtirib beriladi.
2-12 yoshli bolalarga ovqatdan oldin kuniga 1-2 kapsuladan, oz miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Agar bola kapsulani yuta olmasa, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi kabi harakat qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga ovqatdan oldin kuniga 2-3 kapsuladan, oz miqdorda suyuqlik bilan ichiladi.
Davolash davomiyligi disbakterioz rivojlanish sababi va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq. Davolash kursi odatda 2-4 hafta davom etadi.
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat tarkibiga kiruvchi sut kislotali bakteriyalar ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini qo‘llab-quvvatlaydi va tiklaydi. Bifidobakteriyalar va laktobatsillalar sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi va hayot faoliyati uchun noqulay sharoit yaratadi; ovqat hazm qilish jarayonida va vitaminlar (V1, V2, V3, V6, V12, N, RR, foliy kislotasi, K va E) sintezida ishtirok etadi, elektrolit muvozanatini, oqsillar, fosfolipidlar, o‘t va yog‘ kislotalari, bilirubin, xolesterin almashinuvini tartibga soladi.
Tabiiy polisaxaridlar – fruktooligosaxaridlar ichak bakteriyalari – eubiotiklar ko‘payishi, kolonizatsiyasi va hayot faoliyati uchun yaxshi muhit yaratadi. Fruktooligosaxaridlar ovqat hazm qilish kislotalari ta’sirida parchalanmaydi va o‘zgarmagan holda ichakning pastki bo‘limiga yetib boradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qo‘llash davrida spirtli ichimliklar qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!