Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari lagoxin № 80 tabletkalari (blister)
O‘pka, buyrak, bachadon, me’da-ichak qon ketishlarida samarali gemostatik vosita sifatida qo‘llaniladi; (shuningdek, travmatik qon ketishlarda va jarrohlik amaliyotlarida qon ketishining kuchayishini oldini olish uchun).
- Bachadon silliq mushaklarining qisqaruvchanligiga selektiv ta’siri tufayli - bachadon qon ketishlarida, yallig‘lanish jarayonlari, fibromiyoma, ko‘p hayz ko‘rish, tug‘ruqdan keyingi qon ketishlarda akusherlik-ginekologiya amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.
- Bundan tashqari, me’da va ichakning mayda tomir va kapillyarlaridan qon ketishlarda; kam miqdordagi gemorroyal qon ketishlarda buyuriladi.
- O‘pka qon ketishlari va ichki organlardan qon ketishlarda kompleks terapiyada yordamchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Kattalarga - ovqatdan 5-10 daqiqa oldin 2 tabletka 3-4 marta kuniga.
3 yoshdan boshlab bolalarga – 1 tabletka 3-4 marta kuniga.
Sensibilizatsiyalangan bemorlarda boshlang‘ich doza – 1/2 tabletka 3-4 marta kuniga.
Davolash kursining davomiyligi individual belgilanadi:
Surunkali kasalliklarda davolash kursi 20 – 30 kun.
Zarur bo‘lsa, takroriy kurs o‘tkazilishi mumkin.
Nojo´ya ta´sirlar
Ehtimol: Kamdan-kam hollarda allergik reaktsiyalar (preparatning alohida komponentlariga yuqori sezgirlikda).
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!