Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob preparat, bakterial ferment DNK-girazaga ta'sir qiladi, u DNK-bakteriyalarning ortiqcha spiralizatsiyasini va shu tariqa barqarorligini ta'minlaydi (DNK zanjirlarining beqarorlanishi ularning nobud bo‘lishiga olib keladi). Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va tez o‘suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol.
Sezgir: Staphylococcus aureus (shu jumladan shtammlar), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Enterococcus faecalis, Corynebacterium spp., Micrococcus spp., Bacillus spp., Enterobacteriaceae (Escherichia coli, Citrobacter, Enterobacter spp., Klebsiela spp., Proteus spp., Salmonella spp., Serratia spp., Shigella spp.), Pseudomonas aeruginosa va Pseudomonas species, Haemophilus influenza, Haemophilus ducreyi, Branhamella catarhalis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria menengitidis, Acinetobacter spp., Campylobacter spp., Gardenerella vaginalis, Helicobacter pylori, Brucella spp.
Preparat, shuningdek, Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae va ba'zi boshqa mikoplazmalarga nisbatan ham faol. Clostridium species, Bacteroides species va Peptococcus species rezistentlikka ega. Pseudomonas aeruginosa rezistentligi 15-20 % oralig‘ida, Staphylococcus aureus rezistentligi esa 5-10 % oralig‘ida.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llangandan so‘ng 4 soat o‘tib, ko‘z yoshi suyuqligidagi ofloksatsin o‘rtacha konsentratsiyasi 2 mkg/ml dan yuqori bo‘ladi (ko‘z infeksion kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining eng ko‘p uchraydigan shtammlarining o‘sishini in vitro 90 %ga to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan minimal konsentratsiya - MIC90). Ofloksatsin quloqqa tomizilganda, agar baraban pardasi butun bo‘lsa, o‘rta quloqda minimal so‘rilish kuzatiladi. Biroq, baraban pardasi perforatsiyasida ofloksatsin so‘rilishi kuchayadi.
Kattalarda baraban pardasi perforatsiyasi bo‘lganida 0,3 % ofloksatsin eritmasi tomizilgandan so‘ng, qonda maksimal konsentratsiya 10 ng/ml ni tashkil etadi. 10 kun davomida muntazam mahalliy qo‘llashdan so‘ng, qonda maksimal ofloksatsin konsentratsiyasi ofloksatsinni standart dozada og‘iz orqali qabul qilgandagi konsentratsiyadan 1000 marta kam.