Farmakologik xususiyatlari
Melissa o'simligi efir moyi, dubil moddalar, B1, B2 vitaminlarini o'z ichiga oladi.
Timyan o'simligida efir moyi mavjud bo'lib, uning asosiy komponentlari timol, korvakrol hisoblanadi.
Itburun mevasi S vitamini, flavonoidlar, karotinoidlarni o'z ichiga oladi.
Qandim tarkibida glitsirrizin mavjud.
Qichitqi bargida atsetilxolin, gistamin, K1, B1, B2, E vitaminlari, beta-karotin mavjud.
Zveroboy o'simligida flavonoidlar (shu jumladan rutiin), karotinoidlar, antrasen hosilalari mavjud.
Chakanda yog'i S, A, B1, B2, B4, K, R, RR, E vitaminlari, poliy to'yinmagan yog' kislotalari, shakarlar, fitontsidlar, mikroelementlarni o'z ichiga oladi. "Qizil moy" preparati polifit yog'i yallig'lanishga qarshi, regeneratsiyalovchi, spazmolitik, antioksidant, yara bitiruvchi xususiyatlarga ega.