-
Tarkibi
Faol modda: tsitikolin natriy 522,50 mg, tsitikolinga ekvivalent 500 500 500 mg,
Yordamchi moddalari: laktosa monogidrat, mikrokristallik tsellyuloza, povidon, natriy kroskarmelloza, kremniy dioksid kolloid anhidrid, magniy stearat,
-
Qo'llanilishi
- miya qon aylanishi buzilishlarining asoratlari va oqibatlarini davolash;
- bosh miya jarohati va uning oqibatlari;
- degenerativ va tomir kelib chiqishli serebral patologiya bilan bog‘liq kognitiv, sezgi, harakat va nevrologik buzilishlar
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- parasimpatik asab tizimining yuqori tonusi;
- irsiy laktaza yetishmovchiligi, Lapp fermenti yetishmovchiligi;
- laktaza, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.
-
Qo'llash usuli
Tavsiya etilgan doza sutkada 500 dan 2000 mg gacha (1–4 tabletka).
Preparat dozalari va davolash muddati miya zararlanishi og‘irligiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi.
Keksalar uchun doza tuzatish talab etilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar juda kam hollarda (<1/10 000) yuzaga keladi, yakka holatlarni o'z ichiga oladi.
- gallyutsinatsiyalar, qo'zg'alish, uyqusizlik;
- bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tremor;
- arterial gipertenziya yoki gipotenziya;
- dispnoe;
- gipersalivatsiya, ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i, jigar funksiyasi ko'rsatkichlarining ozgina o'zgarishi, diareya;
- terining qizarishi, toshma, ekzantema, teri qichishishi, shishlar, anafilaktik shok rivojlanishi mumkin.
Umumiy buzilishlar:
- tana haroratining ko'tarilishi, issiqlik hissi, titroq, shish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kvanil – nootrop preparat. Tsitikolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilmaviy komponentlari (asosan fosfolipidlar) ning oldingi bosqichi bo‘lib, keng ta'sir doirasiga ega: zararlangan hujayra membranalarini tiklashga yordam beradi, fosfolipaza ta'sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallar hosil bo‘lishining oldini oladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta'sir qilib, hujayra o‘limining oldini oladi.
Kvanil xolin manbai bo‘lib, atsetilxolin sintezini oshiradi va neyron membranasida strukturaviy (tayanch) fosfolipidlar biosintezini rag‘batlantiradi.
Xolinergik neyronlarda nerv impulslarini uzatishni yaxshilaydi, neyron membranalarining plastiklik xususiyatlariga va retseptorlar funksiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Serebral qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miya metabolik jarayonlarini kuchaytiradi, bosh miya retikulyar formattsiyasi tuzilmalarini faollashtiradi.
Insultning o‘tkir davrida zararlangan to‘qima hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi.
Kvanil gipoksiya va miya ishemiyasida kuzatiladigan simptomlarni yumshatadi, jumladan, xotira yomonlashuvi, emotsional labillik, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar.
Bosh miya jarohatida posttravmatik komaning davomiyligini va nevrologik simptomlar og‘irligini kamaytiradi.
Kvanil antio‘dematoz xususiyatlarga ega va neyron membranasiga stabilizatsiyalovchi ta'siri tufayli miya shishining kamayishiga olib keladi.
Sog‘ayishni tezlashtiradi va posttravmatik sindrom davomiyligi va intensivligini kamaytiradi.
Kvanil degenerativ va tomir etiologiyali kognitiv, sezgi va harakat nevrologik buzilishlarni davolashda samaralidir.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Past toksikligi tufayli intoksikatsiya yuzaga kelishi ehtimoli juda past, hatto terapevtik dozalarning tasodifiy oshirib yuborilishi holatlarida ham.
Dozaning tasodifiy oshirib yuborilishi holatida simptomatik terapiya o‘tkaziladi.