Qo'llash usuli
Har bir taglik almashtirilganda yoki zarurat tug‘ilganda qo‘llang.
Boshqa teri shikastlanishlarida (ekzema; yotib qolish natijasida hosil bo‘lgan yaralar va siydik tutolmaslikda dermatit; akne (to‘shmalar); yengil termik kuyishlar; yuzaki yaralar; quyoshda kuyish; sovuq urishi) kremni yupqa qatlamda surting.
Umumiy qoida shundan iboratki, kremni mayda aylana harakatlar bilan Sudokrem yo‘qolib, shaffof plyonka qolgunga qadar ishqalash kerak. Agar bu plyonka zararlangan sohani qoplamasa, yana biroz krem surting. Biroq, agar ishlov berilgan soha oq rangda qolsa, demak, siz juda ko‘p krem surgansiz. Kattalar, bolalar va qariyalarda qo‘llash ko‘rsatmalari farq qilmaydi.
Tarkibi: Distillangan suv, suyuq parafin, sink oksidi, qattiq parafin, lanolin (gipoallergen), mikro kristalli parafin, sorbitansekvioleat, benzilbenzoat, sintetik mum, benzil spirti, linalilatsetat, propilenglikol, benziltsinnamat, lavanda yog‘i, limon kislotasi, butilgidroksianizol.