-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi moddalari: alfa-bromizovalerian kislotasining etil efiri, fenobarbital, yalpiz moyi;
1 ml eritma (26 tomchi) tarkibida alfa-bromizovalerian kislotasining etil efiri 100% modda hisobida 20 mg, fenobarbital 18,26 mg, yalpiz moyi 1,42 mg;
yordamchi moddalari: stabilizator, etanol (96%), tozalangan suv.
Tavsifi: O'ziga xos hidli, shaffof rangsiz suyuqlik.
-
Qo'llanilishi
Nevrozlar, asabiylashuv kuchaygan holda;
- uyqusizlik;
- gipertonik kasallik va vegetativ-tomir distoniyasining kompleks davolashida;
- aniq ifodalanmagan koronar tomirlar spazmlari, taxikardiya;
- ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
— Preparat komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
— jigar va/yoki buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari;
— jigar porfiriyasi;
— og'ir yurak yetishmovchiligi;
— homiladorlik va emizish davri.
QO'LLASHDA ZARUR XAVFSIZLIK CHORALARI:
Spirtli ichimliklarni bir vaqtda iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatni uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatga qaramlik rivojlanishi mumkin.
Preparatni arterial gipotenziyada ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
-
Qo'llash usuli
Korvalol® ovqat qabul qilishdan qat’i nazar, kuniga 2-3 marta 15-30 tomchidan suv bilan yoki shakar bo‘lagiga tomizib qabul qilinadi. Zarur hollarda (aniq ifodalangan taxikardiya va koronar tomirlar spazmida) bir martalik doza 40-50 tomchigacha oshirilishi mumkin.
Preparatni qabul qilish davomiyligini shifokor klinik effekt va preparatga o‘zlashtirishga qarab belgilaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Korvalol® odatda yaxshi ko‘tariladi. Ayrim hollarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:
- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: oshqozon va ichak sohasida noqulaylik, ko‘ngil aynishi;
- asab tizimi tomonidan: uyquchanlik, yengil bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi;
- immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar;
- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishining sekinlashuvi.
Bu holatlar dozaning kamaytirilishi bilan bartaraf etiladi.
Uzoq muddat qo‘llanganda preparatga qaramlik va bromizm hodisalari paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlari: markaziy asab tizimining susayishi, depressiya, apatiya, rinit, kon’yunktivit, akne, gemorragik diatez, muvofiqlashtirishning buzilishi, ongning chalkashishi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat bo‘lib, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislota etil efiri reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, bu asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqum retseptorlarini qo‘zg‘atish, markaziy asab tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytirish va bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalaridagi neyronlarda tormozlanish hodisalarini kuchaytirish, shuningdek, markaziy tomir-harakat markazlarining faolligini pasaytirish va tomirlarning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy spazmolitik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq.
Fenobarbital o‘rta va orqa miya retikulyar shakllanish markazlarining katta yarim sharlari po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta’sirini bostiradi, shu bilan bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir oqimini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta’sirlarning kamayishi, dozasiga qarab, tinchlantiruvchi, trankvilizator yoki uyqu keltiruvchi effektlarni yuzaga keltiradi. Korvalol® tomir-harakat markazlariga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarni kamaytiradi, umumiy arterial bosimni pasaytiradi, tomir spazmlarini, ayniqsa yurak tomirlarining spazmlarini bartaraf etadi va oldini oladi.
Yalpiz moyi ko‘plab efir moylarini, jumladan taxminan 50 % mentol va 4-9 % mentol efirlarini o‘z ichiga oladi. Ular og‘iz bo‘shlig‘idagi "sovuq" retseptorlarni qo‘zg‘atishga va reflektor tarzda asosan yurak va miya tomirlarini kengaytirishga, silliq mushak spazmlarini bartaraf etishga, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta’sir ko‘rsatishga qodir. Yalpiz moyi antiseptik, spazmolitik ta’sirga ega, meteorizm hodisalarini bartaraf etish xususiyatiga ega. Oshqozon va ichak shilliq qavati retseptorlarini qo‘zg‘atib, ichak peristaltikasini kuchaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida 58 hajm foizli spirt, shuningdek fenobarbital mavjud bo‘lib, ular muvofiqlashtirish va psixomotor reaksiyalar tezligini buzishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilganda mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarga, avtotransport haydovchilariga va boshqalarga ehtiyotkorlik bilan foydalanish tavsiya etiladi.