Dorilarning o'zaro ta'siri
D3 vitamini faolligi uni fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo'llanganda kamayishi mumkin.
Giperkalsemiya yurak glikozidlarining toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin, agar ular kalsiy va D vitamini preparatlari bilan birga qo'llanilsa. EKG va qonda kalsiy miqdorini nazorat qilish zarur.
Kalsiy preparatlari tetratsiklinlarning me'da-ichak yo'llaridan so'rilishini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun tetratsiklin qatori preparatlarini Komplivit® Kalsiy D3 qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki 4-6 soat o'tgach qabul qilish kerak.
Bisfosfonat preparatlari so'rilishini kamayishini oldini olish uchun ularni Komplivit® Kalsiy D3 qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Glyukokortikosteroidlar kalsiy so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolash Komplivit® Kalsiy D3 dozasini oshirishni talab qilishi mumkin.
Kolestiramin preparatlari yoki mineral yoki o'simlik moyiga asoslangan ich ketkazuvchi vositalar bilan bir vaqtda davolash D3 vitamini so'rilishini kamaytirishi mumkin.
Tiazid diuretiklari bilan bir vaqtda qo'llanganda giperkalsemiya rivojlanish xavfi ortadi, chunki ular kalsiyning naychalar orqali qayta so'rilishini oshiradi. Tiazid diuretiklari bilan birga qo'llanganda qonda kalsiy miqdorini muntazam nazorat qilish kerak. Furosemid va boshqa "halqali" diuretiklar esa, aksincha, buyraklar orqali kalsiy chiqarilishini oshiradi.
Kalsiy levotiroksinning samaradorligini kamaytiradi, uning so'rilishini kamaytiradi. Levotiroksin va Komplivit® Kalsiy D3 qabul qilish oralig'i kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi kalsiy preparatlari bilan birga qo'llanganda kamayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini Komplivit® Kalsiy D3 qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 6 soat o'tgach qabul qilish kerak.
Oksalatlar (shalgom, reveń, ismaloq) va fitin (don mahsulotlari) saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish kalsiy so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun shalg'om, reveń, ismaloq va don mahsulotlarini iste'mol qilgandan so'ng 2 soat davomida Komplivit® Kalsiy D3 qabul qilmaslik kerak.