Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalashgan, preparat - bolalarda vitaminlar va minerallarga sutkalik ehtiyoj hisobga olingan holda muvozanatlangan. Komponentlarning o‘zaro mosligi vitamin-mineral komplekslarini ishlab chiqarishning maxsus texnologiyasi yordamida ta’minlanadi.
Preparatning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning effektlari bilan bog‘liq
Retinol (vitamin A) ko‘rish organlarining funksional faoliyatini ta’minlaydi. Teri, tishlar, sochlarning sog‘lom holati uchun zarur.
Alfa-tokoferol asetat (vitamin E) antioksidant xususiyatlarga ega, hujayralarning shikastlanishini oldini oladi, asab va mushak to‘qimalari funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kolekalsiferol (vitamin D3) organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi, osteogenez jarayoniga yordam beradi. Yetishmovchilikda kalsiy homeostazi va fosfor almashinuvi buziladi, mushaklarning kuchi va tonusi pasayadi. Suyaklar va tishlarning normal shakllanishi uchun zarur.
Tiamin (vitamin B1) uglevod almashinuvda ishtirok etadi, asab va yurak-qon tomir tizimlari ishini normallashtiradi.
Riboflavin (vitamin B2) hujayra nafas olishi va ko‘rish qobiliyati jarayonlarining eng muhim katalizatori hisoblanadi. Uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida, shuningdek, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi.
Piridoksin (vitamin B6) oqsil almashinuvi va neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (vitamin B12) nukleotidlar sintezida ishtirok etadi, normal o‘sish, gemopoez va epitelial hujayralar rivojlanishining muhim omili hisoblanadi; foliy kislotasi almashinuvi va miyelin sintezi uchun zarur.
Nikotinamid (vitamin PP) to‘qima nafas olishi, yog‘ va uglevod almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi.
Foliy kislotasi aminokislotalar, nukleotidlar, nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi; normal eritropoez uchun zarur.
Kalsiy pantotenat atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi; epiteliy va endoteliy tuzilishi va regeneratsiyasiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi (vitamin C) kollagen sintezini ta’minlaydi; xaftaga, suyak, tishlarning tuzilishi va funksiyasini shakllantirish va saqlashda ishtirok etadi; temir almashinuvi, eritrotsitlarning yetilishi jarayonida ishtirok etadi. Vitamin C organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini kamaytiradi.
Magniy yurakning nerv-mushak faolligini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi, ko‘plab fermentativ reaksiyalarda, shuningdek, oqsil sintezida ishtirok etadi.
Kalsiy suyaklar shakllanishi, nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, qon ivish jarayonlari uchun zarur.
Yod qalqonsimon bez gormonlari sintezi uchun zarur, ular jismoniy va ruhiy rivojlanishni tartibga soladi.
Komplivit® Aktiv chaynash uchun preparat ko‘rsatmalari
3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligini oldini olish;
3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda infeksion kasalliklardan so‘ng, jismoniy va aqliy zo‘riqishlarda, muntazam sport mashg‘ulotlarida organizmning qarshiligini oshirish uchun;
3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yetarli va muvozanatli ovqatlanish bo‘lmaganda.