-
Tarkibi
Kokarboksilaza gidroxlorid 50 mg; Erituvchi: in'ektsiya uchun suv - 2 ml
-
Qo'llanilishi
Kombinatsiyalangan terapiya tarkibida: metabolik atsidoz, giperglikemik komada atsidoz, nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligida atsidoz; surunkali yurak yetishmovchiligi, IBO, beqaror stenokardiya, miokard infarkti, postinfarkt kardioskleroz; jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir va surunkali alkogolizm, zaharlanishlar, yurak glikozidlari va barbituratlar bilan intoksikatsiya, infeksion kasalliklar (difteriya, skarlatina, qorin tif, paratiflar), nevralgiya, tarqoq skleroz, periferik nevritlar.
Yangi tug‘ilgan bolalarda: perinatal gipoksik ensefalopatiya, nafas yetishmovchiligi, pnevmoniya, sepsis, gipoksiya, atsidoz.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Kokarboksilazaga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Kattalarga m/m yoki m/v yuboriladi. Doza 50-200 mg/ ni tashkil etadi. Qandli diabetda (atsidoz, koma) sutkalik doza 0,1-1 g bo‘lishi mumkin. Qo‘llash tezligi va davomiyligi ko‘rsatmalarga bog‘liq.
Bolalarga - m/m, m/v (tomchilab yoki oqim bilan), yangi tug‘ilganlarga - sublingval. 3 oygacha bo‘lgan bolalarga - 25 mg/, 4 oydan 7 yoshgacha - 25-50 mg/, 8 yoshdan 18 yoshgacha - 50-100 mg/ Davolash davomiyligi - 3-7 kundan 15 kungacha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (qichima, qizish); mushak ichiga yuborilganda – in'ektsiya joyida giperemiya, shish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tiamindan organizmda hosil bo‘ladigan koferment. Metabolik ta’sir ko‘rsatadi, to‘qima almashinuvini faollashtiradi. Organizmda mono-, di- va trifosfor efirlari hosil bo‘lishi bilan fosforillanadi; kokarboksilaza ketokislotalar, pirouzum kislotasining karboksillanishi va dekarboksillanishini katalizlovchi fermentlar tarkibiga kiradi, atsetil-koenzim A hosil bo‘lishiga yordam beradi, bu uning uglevod almashinuvdagi ishtirokini belgilaydi. Pentoz siklida ishtiroki nuklein kislotalar, oqsillar va lipidlar sinteziga bilvosita yordam beradi.
Glyukozaning o‘zlashtirilishini, nerv to‘qimalarining trofikasini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimi funksiyalarining normallashishiga yordam beradi.
Kokarboksilaza yetishmovchiligi qonda pirouzum va sut kislotasi darajasining oshishiga olib keladi, bu esa atsidoz va atsidotik komaga olib keladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash uchun qarshi ko'rsatmalar aniqlanmagan.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Yurak glikozidlarining kardiotonik ta’sirini kuchaytiradi va ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.